Shvetsiya besh nafar rossiyalik diplomatni chiqarib yubordi
Chiqarib yuborilgan rossiyalik diplomatlarning faoliyati “Diplomatik aloqalar to‘g‘risidagi Vena konvensiyasiga to‘g‘ri kelmaydi”, deya ma’lum qildi Shvetsiya Tashqi ishlar vazirligi. Idora gap qanday faoliyat haqida ketayotganiga aniqlik kiritmadi.
Shvetsiya tashqi ishlar vaziri Tobias Billstryom besh nafar rossiyalik diplomatning chiqarib yuborilishini e’lon qildi. Shvetsiya Tashqi ishlar vazirligining 25 aprel, seshanba kuni bergan bayonotida ta’kidlanganidek, rossiyaliklarning faoliyati “Diplomatik munosabatlar to‘g‘risidagi Vena konvensiyasiga to‘g‘ri kelmaydi”.
Vazirlik bu faoliyat nima ekanligini tushuntirishdan bosh tortdi, biroq Shvetsiya xavfsizlik xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, Rossiya doimiy ravishda Shvetsiyada razvedka ma’lumotlarini yig‘ish bilan shug‘ullangan. “Bu xavfsizlikka tahdid, hukumat uni juda jiddiy qabul qiladi”, deyiladi bayonotda.
Rossiyaning Shvetsiyadagi elchixonasi Reuters agentligiga TIV qaroriga izoh berishdan bosh tortdi. Shvetsiya xavfsizlik xizmati ham bu ishni izohlashdan bosh tortdi, biroq Rossiya o‘z diplomatlaridan Shvetsiya bo‘yicha josuslik qilish uchun foydalanishi haqida anchadan beri ogohlantirib kelganini aytdi.
22 aprel kuni tushdan keyin Rossiya Tashqi ishlar vazirligi Berlinni “dushmanlik harakatlarida” va “Rossiya-Germaniya munosabatlarining butun majmuasini, jumladan, diplomatik jihatlarini namoyishkorona yo‘q qilishda” ayblagan bayonot berdi. Shuningdek, hujjatda aytilishicha, RF “Rossiyaning Germaniyadagi diplomatik vakolatxonalari xodimlari navbatdagi ommaviy chiqarib yuborilishiga” javoban xuddi shunday choralar ko‘radi.
Mavzuga oid
22:51 / 17.12.2024
Shvetsiya boshpana taqdim etish qoidalarini kuchaytiradi
11:10 / 28.11.2024
Shvetsiyadagi sammit ishtirokchilari RFga qarshi sanksiyalarni kuchaytirishga tayyor
17:31 / 25.11.2024
Sobiq diplomat Qodirjon Yusupov vafot etdi
22:14 / 19.11.2024