Uch nafar sudya lavozimidan ozod etildi
Ularning ikki nafari salomatligi tufayli, biri esa Sudyalar odobi kodeksi talablarini buzgani uchun ishdan bo‘shatilgan.
Sudyalar oliy kengashi qarori bilan uch nafar sudya lavozimidan ozod etildi. Bu haqda kengash matbuot xizmati xabar bermoqda.
Xususan:
- Fuqarolik ishlari bo‘yicha O‘rta Chirchiq tumanlararo sudining sudyasi Sherzod Xoljigitov (Toshkent viloyati);
- Fuqarolik ishlari bo‘yicha Urganch tumanlararo sudining sudyasi Jamol Matniyazov (Xorazm viloyati) salomatligi tufayli yozma arizasiga binoan lavozimidan bo‘shatilgan va ularning sudyalik vakolatlari muddatidan ilgari tugatilgan.
Shuningdek, Sudyalar odobi kodeksi talablarini buzganligi uchun Avaz Ibodovning sudyalik vakolatlari muddatidan ilgari tugatildi.
Avvalroq Fuqarolik ishlari bo‘yicha Uchtepa tumanlararo sudi raisi ishdan olingandi. Kun.uz'dagi ma’lumotga ko‘ra, uning ishdan bo‘shatilishi mazkur sud ayrim xodimlarining noqonuniy xatti-harakatlariga bog‘liq.
16 fevral kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar Yashnobod tuman sudi sudyasi 4 ming dollarni pora tariqasida olayotganda qo‘lga olingandi. Sudyalar Oliy Kengashi – Bosh prokuror taqdimnomasiga muvofiq Jinoyat ishlari bo‘yicha korrupsioner sudyani Jinoyat kodeksining 210-moddasi bilan jinoiy javobgarlikka tortishga ruxsat bergan. Ishga doir boshqa tafsilotlar oshkor qilinmagan.
2022 yili Toshkent tumanlararo iqtisodiy sudining bir nafar va Zangiota tumanlararo iqtisodiy sudining ikki nafar sobiq sudyalari jinoyat ishi doirasida ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olingan. Bundan tashqari, Toshkentda noqonuniy egallangan yer uchastkalari bo‘yicha ishlarni manfaatdorlar foydasiga hal qilib berganlikda gumonlanayotgan ikki sudya ustidan jinoyat ishi ochilgandi.
Mavzuga oid
12:49 / 16.12.2024
Kun.uz tanqididan so‘ng: Yangiyo‘l sudyasining shubhali hukmiga prokuratura protest kiritdi
23:47 / 23.11.2024
Lukashenko polshalik qochoq sudyaga boshpana taqdim etdi
19:55 / 19.09.2024
«Sudya mustaqilligini ta’minlash uchun o‘z ustida ishlashi kerak» - Sudyalar oliy kengashi
12:04 / 26.07.2024