“Biznes emin-erkin rivojlanishi uchun huquqiy poydevor” - prezident konstitutsiya islohoti haqida
Shavkat Mirziyoyevga ko‘ra, konstitutsiyada ilk marta mulk daxlsizligi, halol raqobat va sudlar mustaqilligi bo‘yicha davlat o‘ziga majburiyatlar olmoqda.
Prezident Shavkat Mirziyoyev 27 aprel kuni ikkinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumi ochilishi marosimidagi nutqida konstitutsiya islohoti haqida ham to‘xtalib o‘tdi.
“Islohotlarimiz jadal davom etishi, yurtimizda biznes emin-erkin rivojlanishi uchun yanada mustahkam huquqiy poydevor kerak.
Xabaringiz bor, yaqin kunlarda Yangi O‘zbekistonning yangilanayotgan Konstitutsiyasi bo‘yicha umumxalq referendumi o‘tkaziladi.
Eng avvalo, yangi Konstitutsiyamizda O‘zbekiston – suveren, demokratik, huquqiy, ijtimoiy va dunyoviy davlat ekani alohida belgilanmoqda. Barcha o‘zgartirishlarning tub negiziga “inson huquqlari va erkinliklari ustuvor” degan ezgu g‘oya qo‘yilmoqda. Shuningdek, Konstitutsiyamizda ilk bor qulay investitsiya va ishbilarmonlik muhitini ta’minlash, mulk daxlsizligi, bozor munosabatlarini rivojlantirish va halol raqobat uchun shart-sharoitlar yaratish, sud mustaqilligi bo‘yicha davlat o‘ziga majburiyatlar olmoqda.
Hech shubhasiz, yangi Konstitutsiya – biz boshlagan islohotlarni izchil davom ettirib, eng muhimi, ularga ortga qaytmaydigan tus berishi muqarrar”, – dedi Shavkat Mirziyoyev.
Eslatib o‘tamiz, yangilanayotgan konstitutsiya bo‘yicha referendum 30 aprel, yakshanba kuni bo‘lib o‘tadi.
Mavzuga oid
20:43
Qoraqalpog‘istonda qishloq xo‘jaligi, sanoat va turizmni rivojlantirish bo‘yicha loyiha ofisi tashkil etiladi
21:28 / 19.12.2024
2025 yilda 43 milliard dollarlik investitsiya o‘zlashtirish ko‘zda tutilmoqda
18:11 / 12.12.2024
Mato ishlab chiqarish va bo‘yash korxonalari qo‘shimcha qo‘llab-quvvatlanadi
19:53 / 11.12.2024