O‘zbekiston | 11:34 / 27.04.2023
16551
2 daqiqa o‘qiladi

Toshkent viloyatida qarz evaziga berilgan pullardan foizni talab qilgan jinoiy guruh qo‘lga olindi

Toshkent viloyati IIBB Tezkor-qidiruv xizmati va DXX xodimlari tomonidan qarz evaziga berilgan pullardan foiz sifatida 1000 AQSh dollarini tovlamachilik yo‘li bilan talab qilgan jinoiy guruh qo‘lga olindi. 

Videodan kadr

Toshkent viloyati Oqqo‘rg‘on tumanida yashovchi fuqaro 2022 yil mart oyida oldindan tanish bo‘lgan “Imperator” laqabi bilan tanilgan shaxsdan 2023 yil aprel oyida qaytarish sharti 3800 AQSh dollari miqdorida qarz olgan. 

Ushbu pullarni 3600 AQSh dollari qaytarib, qolgan 200 AQSh dollarini qaytarish vaqtida unga muddatini o‘tkazib yuborilganligini sabab qilib ko‘rsatib, “ko‘cha yechimi bilan hal etish” bilan qo‘rqitib, ushbu pullarga yana 1000 AQSh dollari qo‘shib berishini talab qilgan. 

Chorasiz qolgan qarzdor Ichki ishlar organlariga murojaat qilib, ushbu shaxslarga nisbatan qonuniy chora ko‘rishlikni so‘ragan.

Joriy yilning 17 aprel kuni, Toshkent viloyati IIBB TQX va DXX xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida muqaddam 6 marotaba sudlangan jinoiy guruh yetakchisi va uning 6 nafar a’zolari qo‘lga olindi.

Jinoiy guruh ariza muallifidan yuqoridagi pullarni olayotgan vaqtda daliliy ashyolar bilan ushlanib 7 nafar shaxs JPKning 221-moddasi tartibida qamoqqa olingan.

Mavzuga oid