O‘zbekiston | 18:45 / 28.04.2023
7975
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda Reproduktiv tibbiyot va genetika instituti tashkil etildi

Yangi o‘quv yilidan boshlab unda reproduktolog, akusher-ginekolog kabi mutaxassislar tayyorlanadi.

Foto: Reproduktiv tibbiyot va genetika instituti

Sog‘liqni saqlash vazirligi ko‘magida Reproduktiv tibbiyot assotsiatsiyasi tomonidan Toshkent shahrida Reproduktiv tibbiyot va genetika instituti ochildi.

Qayd qilinishicha, 2023-2024 o‘quv yilidan ushbu institutda klinik ordinatura tashkil qilinib, reproduktolog, akusher-ginekolog kabi mutaxassislar tayyorlash boshlanadi.

Shuningdek, shu yilning o‘zida xorijiy ekspertlardan iborat bo‘lgan reproduktologiya, embriologiya, sitologiya, genetika yo‘nalishlarida ilmiy tatqiqot ishlarini olib boruvchi va ushbu yo‘nalishlarda ilmiy daraja beruvchi ixtisoslashgan Ilmiy Kengash faoliyati yo‘lga qo‘yiladi.

Ushbu zamonaviy ixtisosliklar bo‘yicha mutaxassislar tayyorlash O‘zbekistonda ilk bor yo‘lga qo‘yilgani aytilmoqda.

SSV ma’lumotlariga ko‘ra, hozir O‘zbekistonda tug‘ilish koeffitsiyenti 3,2 ga teng va har yili qariyb 1 millionga yaqin chaqaloq dunyoga keladi.

Mavzuga oid