Ispaniya va Portugaliyani jazirama ob-havo qamrab oldi
Ispaniyaning Kordova shahrida aprel oyidagi eng yuqori harorat qayd etildi. Mutaxassislar issiqlikni global isish bilan bog‘layapti.
Ispaniyaning qit’a qismida va Portugaliyada yangi issiqlik rekordlari o‘rnatildi - ob-havoni kuzatish uchun aprel oyida termometrlar hech qachon hozirgidek yuqori ko‘rsatkichlarga chiqmagan. Ispaniya janubidagi Kordova shahrida 28 aprel, juma kuni havo harorati +38,8 darajagacha ko‘tarildi. Qo‘shni Portugaliyada ob-havo xizmati mamlakatning markaziy qismidagi Mora shahrida +36,9 darajani qayd etdi.
Ispaniyada rasmiylar o‘rmon yong‘inlari xavfi haqida ogohlantirdi. Madrid hukumati odatdagidan bir yarim oy oldin o‘rmon yong‘inlarini kuzatish xizmatini faollashtirdi. Ispaniyada o‘tgan yilning shu davridagi 17 ming gektarga nisbatan bu yil allaqachon 54 ming gektar o‘rmon yonib ketdi.
2022 yilda Ispaniyada rekord darajadagi eng issiq yoz qayd etilgandi. Mutaxassislar misli ko‘rilmagan issiqlik to‘lqinini iqlim o‘zgarishi bilan bog‘lashmoqda.
Mavzuga oid
20:24 / 14.12.2024
Qaysi mamlakat iqtisodiyoti 2024 yilda eng yaxshi natijalarga erishdi?
20:39 / 12.10.2024
Portugaliya parlamenti siyosiy boshpana oluvchilar uchun gumanitar viza berishni ma’qulladi
15:30 / 12.10.2024
Portugaliyada Gotbit kriptokompaniyasining rossiyalik rahbari ushlandi
23:46 / 18.09.2024