O‘zbekiston | 20:23 / 01.05.2023
36795
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda yangi tahrirdagi Konstitutsiya kuchga kirdi

O‘zbekiston Markaziy saylov komissiyasi 30 aprel kuni o‘tkazilgan referendum yakunlari to‘g‘risida qaror qabul qildi.

Foto: Kun.uz

Qarorga asosan, “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy qonuni referendumda umumxalq ovoz berish orqali qabul qilingan deb tan olindi.

Qonun mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kun – 1 maydan e’tiboran kuchga kirgan deb hisoblanadi.

MSK qarori bilan, referendum natijalari quyidagicha bo‘lgani tasdiqlandi:

  • referendumda ovoz beruvchi fuqarolar ro‘yxatiga kiritilgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining umumiy soni – 19 722 809 nafar;
  • ovoz berish byulletenlarini olgan fuqarolarning soni – 16 667 097 nafar;
  • ovoz berishda ishtirok etgan fuqarolarning soni – 16 667 097 nafar yoki ovoz beruvchi fuqarolar ro‘yxatiga kiritilgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining umumiy sonidan 84,51 foiz;
  • referendumga qo‘yilgan masala bo‘yicha yoqlab “Ha” deb berilgan ovozlar soni – 15 034 608 yoki ovoz berishda ishtirok etgan fuqarolarning 90,21 foizi;
  • referendumga qo‘yilgan masalaga qarshi “Yo‘q” deb berilgan ovozlar soni – 1 558 817 yoki ovoz berishda ishtirok etgan fuqarolarning 9,35 foizi;
  • haqiqiy emas deb topilgan ovoz berish byulletenlarining soni – 73 672 ta.

Komissiya o‘z qarorini ijroga qaratish uchun Oliy Majlis palatalari va prezidentga yuboradi.

Mavzuga oid