O‘zbekiston | 11:59 / 03.05.2023
4745
5 daqiqa o‘qiladi
Reklama

Yangi ish oʻrinlari va IT sohasida taʼlim: VEON Oʻzbekiston bilan hamkorlikni rivojlantirmoqda

Toshkentda VEON Guruhi vakillari O‘zbekiston Respublikasi raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov bilan uchrashuv o‘tkazishdi. Global raqamli operator mamlakatda soha mutaxassislarini tayyorlash orqali IT va telekom sohasiga sarmoya kiritishda davom etadi.

Foto: VEON

VEON kelgusi besh yil mobaynida mamlakatda professional taʼlim va IT-mutaxassislarning malakasini oshirish uchun investitsiyalar hajmini orttirishni rejalashtirgan. VEON bosh direktori Kaan Terzioglu Guruh kompaniyalari yangi raqamli Oʻzbekiston uchun mutaxassislarni tayyorlashda ishtirok etishga tayyorligini tasdiqladi.

“Soʻnggi ikki yil ichida VEON IT sohasida 170 ta qoʻshimcha ish oʻrinlarini barpo etishga koʻmaklashdi, bu ko‘rsatkich oʻsishda davom etadi. IT sohalari istiqbolli hamda ular mamlakat kelajagi uchun muhim ekanligini namoyish qilishga intilyapmiz. Jumladan, Beeline Academy loyihasi va ASTRUM Academy bilan hamkorlik natijasida yil mobaynida 1 000 ga yaqin yosh isteʼdodlar IT sohasida taʼlim olishadi”, – deya taʼkidlaydi VEON Group bosh direktori.

Kaan Terzioglu Oʻzbekiston raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatovni yaqinda Toshkentda ochilgan yangi ixtisoslashtirilgan VEON AdTech kompaniyasining bosh qarorgohiga taklif qildi, kompaniya Oʻzbekistondagi IT Park’ning navbatdagi vakiliga aylangan. 2022-yilning oktabr oyida Guruh rahbarlari hukumat bilan uchrashuv paytida yangi digital-reklama boʻlinmasi joriy etilishi hamda oʻnlab yangi ish oʻrinlari barpo etilishi haqida xabar berishgan edi. Hozirda kompaniya Oʻzbekistonlik yosh mutaxassislarni ishga qabul qilmoqda. VEON AdTech digital-marketing yoʻnalishini rivojlantirish, VEON kompaniyalari faoliyat yuritadigan mamlakatlar uchun mahsulotlarni ishlab chiqish bilan shugʻullanadi, shu bilan birga AdTech sohasidagi xalqaro tajribasi va ekspertizasini ulashadi. Kaan Terzioglu bilan uchrashuvda vazir Sherzod Shermatov IT mutaxassisligi sohasida hamkorlik nihoyatda muhim ekanligini taʼkidlab oʻtdi.

“VEON Group Oʻzbekistonda yangi yuqori maoshli ish oʻrinlarini barpo etishga va IT Park rezidentlari hisoblangan boʻlinmalarining eksportini oshirishga e’tibor qaratishini istaymiz. VEON AdTech ochilishi innovatsion texnologiyalarga boʻlgan qiziqishni orttirish, IT sohasida kasb tanlash, qizlar orasida sohani targ‘ib qilish orqali Oʻzbekiston maqomini yangi IT-hub sifatida yanada mustahkamlashiga ishonchim komil”, – deya taʼkidlaydi raqamli texnologiyalar vazirligining rahbari Sherzod Shermatov.

Oʻzbekistonda VEON va Beeline Uzbekistan ko‘magida IT mutaxassisligini rivojlantirishga qaratilgan bir qator loyihalar allaqachon joriy etildi, masalan boʻlajak dasturchilar uchun kiberxavfsizlik boʻyicha xakatonlar.

“IT Park bilan birgalikda biz Tumaris.TECH xalqaro loyihasida dasturchi qizlarni qoʻllab-quvvatladik hamda IT sohasida jinsiy tenglik tamoyillarini kuchaytirishda davom etmoqdamiz. Oʻzbekistonning yetakchi oliy taʼlim muassasalari bilan hamkorligimiz jadal rivojlanib bormoqda, talabalar hamda boʻlajak mutaxassislar uchun Bee Generation dasturi faoliyat yuritmoqda”, deya taʼkidlaydi Beeline Uzbekistan bosh direktori Andrzej Malinowski.

 

Shuningdek, VEON delegatsiyasi aʼzolari Oʻzbekiston hududida mamlakatdagi yosh mutaxassislarining kasbiy koʻnikmalarini rivojlantirish uchun imkoniyatlar yaratuvchi ilgʻor texnologiyalarni joriy etishga alohida eʼtibor qaratdi. IT koʻnikmalarining rivojlanish darajasi raqamli iqtisodiyotni barpo etishda katta ahamiyatga ega hamda uning oʻsishida turtkiga aylanadi.

“Yangi kasblar, jumladan, AdTech raqamli reklama sohasidagi mutaxassislikning ommabopligi haqiqatdan ham iqtisodiyotni mustahkamlashga va Oʻzbekiston mavqeyini oshirishga albatta yordam beradi. VEON faoliyat yurituvchi barcha mamlakatlar uchun AdTech xizmatlari Oʻzbekistonda ishlab chiqilishi, yosh mutaxassislarni jalb qilishga va ularni xalqaro darajadagi mutaxassislarga aylantirishga yordam berishi mumkin”, – deydi VEON AdTech bosh direktori George Held.


“Unitel” MChJ 2006-yilning 12-sentabridan boshlab “Beeline Uzbekistan” savdo belgisi ostida xizmatlar ko‘rsatib kelmoqda. Beeline Uzbekistan bosh qarorgohi Amsterdam shahrida (Niderlandiya) joylashgan VEON xalqaro telekommunikatsiya xoldingi tarkibiga kiradi

VEON 7 mamlakatda 200 milliondan ortiq foydalanuvchilarga ega global telekommunikatsiya va internet xizmatlarining provayderi. Uning aksiyalari NASDAQ va Euronext Amsterdam fond bozorlarida joylashtirilgan.

Beeline Uzbekistan’da 1.6 mingga yaqin xodim ishlaydi. 2006-yildan buyon O‘zbekiston bozoriga kirishi bilan VEON mamlakat telekommunikatsiya sohasiga 1.4 milliard AQSH dollaridan ortiq sarmoya kiritdi. Beeline SB’ning O‘zbekistondagi faoliyati davomida 1.9 milliard dollardan ortiq soliq to‘langan.

Sayt: beeline.uz

Facebook: fb.com/beeline.uz

Instagram: @beeline_uzbekistan

Telegram: t.me/beelineuzbekistan 

Twitter: twitter.com/beeline_uz

LinkedIn: linkedin.com/company/beeline-uzbekistan

Reklama huquqi asosida

 

Mavzuga oid