O‘zbekiston | 09:12 / 08.05.2023
16862
1 daqiqa o‘qiladi

“Mening yo‘lim” loyihasi bo‘yicha ovoz berish jarayoni yakunlandi

7 may kuni soat 18:00 da “Ochiq budjet” axborot portalida e’lon qilingan “Mening yo‘lim” loyihasining joriy yilgi mavsumiga ovoz berish jarayoni yakunlandi. 

Foto: Kun.uz

Tuman (shahar) budjetlarida hududiy ichki yo‘llarni ta’mirlash uchun rejalashtirilgan mablag‘larning kamida 50 foiz qismini fuqarolar fikri asosida yo‘naltirilishini ta’minlash maqsadida tashkil etilgan loyihaning ushbu mavsumi uchun respublika bo‘yicha 10 317 ta tashabbusli taklif kelib tushgan.

27 apreldan 7 may kuniga qadar davom etgan ovoz berish jarayoni natijalariga ko‘ra, 517 ta loyiha g‘olib deb topildi. 

Ovoz berish jarayonida respublika bo‘yicha 8 mln 93 ming 918 nafar fuqarolar faol ishtirok etdi.

Hududlar kesimida tahlil qilinganda, ushbu jarayonlarda eng ko‘p g‘olib loyihalar Toshkent viloyati (55 ta), Qoraqalpog‘iston Respublikasi (54 ta), Samarqand (40 ta) va Andijon (40 ta) viloyatlari hissasiga to‘g‘ri kelgan.

G‘olib bo‘lgan loyihalarni moliyalashtirish uchun respublika bo‘yicha 412.40 mlrd so‘m mablag‘ yo‘naltiriladi.

Mavzuga oid