O‘zbekiston | 14:56 / 08.05.2023
11350
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda xodimlarni kasbiy xavf-xatardan himoyalash bo‘yicha xalqaro konvensiya ratifikatsiya qilindi

Mehnat munosabatlariga oid xalqaro Jyeneva Konvensiyasi ratifikatsiya qilindi.

Foto: Getty Images

Prezident tomonidan imzolangan qonun bilan Xalqaro mehnat tashkilotining xodimlarni ish joyidagi havoning ifloslanishi, shovqin va tebranishlar tufayli yuzaga keladigan kasbiy xavf-xatardan himoya qilish to‘g‘risidagi 148-sonli Konvensiyasi (Jyeneva, 1977 yil 20 iyun) ratifikatsiya qilindi.

Konvensiyaning asosiy maqsadi milliy qonunchilik yoki me’yoriy hujjatlar orqali ish joyidagi havoning ifloslanishi, shovqin va tebranishlar tufayli kasbiy xavf-xatarlarning oldini olish va cheklashga qaratilgan chora-tadbirlarni belgilashdan iborat.

Konvensiyani ratifikatsiya qilishda tizimli nazorat choralarini, shu jumladan, ish joylarida mehnat sharoitlarini, zararli va xavfli ishlab chiqarish omillarini, mehnat jarayonlarining og‘irligi va tig‘izligini hamda asbob-uskunalarning jarohatlash xavfliligini baholash belgilangan.

Ushbu Konvensiya jahonning 47 ta davlati tomonidan ratifikatsiya qilingan. 

Mavzuga oid