Toshkentda SSSR bayrog‘i ostida yurish o‘tkazildi
Tadbirda yuzdan ortiq odam ishtirok etgani aytilyapti. Ular «Stalinga ura» deya hayqirishgan.
Toshkent shahrida 9 may kuni bir guruh shaxslar «Birodarlar qabristoni»da SSSR va O‘zbekiston SSR bayrog‘i ostida yurish qildi. Bu haqda o‘zbekistonlik bloger Nikita Makarenko xabar berdi.
«Kecha Bratskixda («Birodarlar qabristoni») jiddiy tarzda «o‘rtoq Stalinga ura!» xitoblari va O‘zbekiston SSR bayrog‘i ostida yurish qilishdi. Qodiriy, Fitrat va boshqa minglab yurtdoshlarimizning qotili uchun urami?», deb yozdi bloger.
Xabarga ilova qilingan videolavhada sovet jangchisi formasini kiygan va qo‘lida qizil bayroq ushlagan yigitning «Tovarishchu Stalinu ura» (O‘rtoq Stalinga ura), «Generalissimusu pobeditelyu ura» (G‘olib generalissimusga ura) deb baqirganini, yurish qilayotganlar esa xitobni takrorlaganini ko‘rish mumkin.
Shu bilan birga, yurishda ishtirok etganlar orasida voyaga yetmagan bolalar ham ko‘zga tashlanadi.
Blogerning ta’kidlashicha, yurishda 100-200 atrofida odam ishtirok etgan.
«Faqat bir narsa quvontiradi — Stalinning ashaddiy muxlislari u qadar ko‘p to‘plangani yo‘q — 100-200 atrofida», deb yozdi u.
Toshkent shahar ma’muriyati, poytaxt Ichki ishlar bosh boshqarmasi va boshqa mas’ul idoralar hozircha voqeaga rasmiy munosabat bildirmadi.
Mavzuga oid
19:55
Unutilgan qahramon. Milliy ozodlik harakati rahbari Madaminbek kim edi?
16:35
1 yanvarga o‘tar kechasi Toshkent metropoliteni ish jadvali 2 soatga uzaytiriladi
18:02 / 21.12.2024
Faoliyatda qonun buzilishi, sertifikatsiz o‘qituvchilar va norozi ota-onalar – “NEWTON ACADEMY” o‘quv markazi haqida nimalar ma’lum?
18:36 / 20.12.2024