Sport | 16:59 / 11.05.2023
43030
2 daqiqa o‘qiladi

Osiyo kubogi-2023ga qur’a tashlandi. O‘zbekiston Avstraliya bilan bir guruhda

Bugun, 11 may kuni Qatar poytaxti Doha shahrida Osiyo kubogi-2023 bahslariga qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tdi. 

FIFA prezidenti Janni Infantino, OFK rahbari Shayx Salmon Ibrohim qatnashgan tadbirda O‘FA birinchi vitse-prezidenti Ravshan Ermatov, O‘zbekiston milliy jamoasi sobiq futbolchisi, Osiyoning ikki karra eng yaxshi o‘yinchisi Server Jeparov, milliy jamoa bosh murabbiyi Srechko Katanets ham ishtirok etdi. O‘zbekiston qur’a tashlash oldidan 2-savatchadan joy olgandi. 

Qur’aga ko‘ra, O‘zbekiston milliy jamoasi «V» guruhidan o‘rin olib, Avstraliya, Suriya va Hindiston bilan o‘ynaydigan bo‘ldi. Okeaniyaliklar Osiyo kubogi-2019 nimchorakfinal O‘zbekistonni penaltilar seriyasida turnirdan chiqarib yuborishgandi. Katanets shogirdlarida mag‘lubiyat uchun revansh olish imkoniyati bo‘ladi. 

Turnirning ochilish o‘yini Qatar va Livan o‘rtasida bo‘lib o‘tadi.

Osiyo kubogi-2023 qur’a yakunlari: Barcha guruhlar bilan tanishing:

Ma’lumot uchun, Osiyo kubogi-2023 2024 yilga ko‘chirilgan bo‘lib, Qatardagi 8ta stadion mezbonlik qiladi. Guruhdan 1-2-o‘rin sohiblari to‘g‘ridan-to‘g‘ri nimchorakfinalga yo‘llanma oladi. Shuningdek, 6ta guruhda eng yaxshi natija qayd etgan 3-o‘rindagi 4ta jamoa ham pley-offga yo‘l oladi. Turnir 12 yanvardan 10 fevralga qadar bo‘lib o‘tadi. Guruh bosqichi 12-29 yanvar kunlari, 1/8 final 31 yanvar, 1-2 fevral kunlari, chorakfinal 4-5 fevralda, yarimfinal 7-8 fevral kunlari, final esa 10 fevralda bo‘lib o‘tadi.

Mavzuga oid