O‘zbekiston | 12:01 / 12.05.2023
21283
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston hududiga nam havo massalari kirib kelishi kutilmoqda

Bugun Kaspiy dengizining janubiy hududlaridan nam havo massalari kirib kelishi kutilmoqda, Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida va kechga tomon Farg‘ona vodiysi viloyatlarida ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. 

Foto: Kun.uz

"O‘zgidromet" xabariga ko‘ra, respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol tezligi 15-20 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatiladi. Havo harorati kunduzi +27...+32 darajani tashkil etadi.

Ertaga mamlakat hududining katta qismida ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, faqat Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Buxoro, Navoiy viloyatlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Havo harorati kechasi +15...+20 darajani, kunduzi +27...+32 darajani tashkil etadi.

Yakshanba kuni O‘zbekiston hududi bo‘yicha havo ochiq, quyoshli ob-havo bo‘lishi kutilmoqda, faqat respublika shimoliy hududlari bo‘yicha momaqaldiroq bilan yomg‘ir yog‘ishi prognoz qilinmoqda. Shamol tezligi 15-20 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatiladi. Havo harorati kechasi +13...+18 darajani, kunduzi +30...+35 darajani tashkil etadi.

Tog‘oldi va tog‘li hududlarda momaqaldiroq bilan mahalliy yomg‘irlar yog‘adi, 12-13 mayda ba’zi joylarda yomg‘ir kuchli yog‘adi.

Poytaxtda bugun kunning ikkinchi yarmida va ertaga vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Yakshanba kuni yog‘ingarchilik kutilmaydi. Biroz shamol esadi, bugun shamol 12-15 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat bugun kunduzi +27...+29 darajani tashkil etadi, ertaga kechasi +18...+20 daraja, kunduzi +27...+29 daraja, yakshanba kuni kechasi +16...+18 daraja, kunduzi +30...+32 daraja bo‘ladi.

Mavzuga oid