O‘zbekiston | 21:21 / 12.05.2023
18866
2 daqiqa o‘qiladi

Prezidentlikka nomzod Robaxon Maxmudovaning sudyalik vakolati to‘xtatildi 

Qonunchilikka ko‘ra, sudya siyosiy faoliyat bilan shug‘ullanishga haqli emas. 

«Adolat» sotsial-demokratik partiyasidan O‘zbekiston prezidentligiga nomzod Robaxon Anvarovna Maxmudovaning sudyalik vakolati to‘xtatildi. Bu haqda Oliy sud xabar berdi. 

«2023 yil 12 may kuni «Adolat» sotsial-demokratik partiyasi vakili Robaxon Anvarovna Maxmudova prezidentlik saylovida nomzod sifatida ko‘rsatildi. Qonunchilikka ko‘ra, sudya siyosiy faoliyat bilan shug‘ullanishga haqli emas. Saylov kodeksiga asosan, siyosiy partiya O‘zbekiston prezidentligiga o‘z partiyasi a’zolari orasidan yoki partiyasizni nomzod etib ko‘rsatishga vakolatli.  

Shu sababli Sudyalar oliy malaka hay’ati R.A.Maxmudovaning arizasi va sud qonunchiligiga muvofiq, Oliy sud raisining birinchi o‘rinbosari, ma’muriy sudlov hay’ati raisi R.A.Maxmudovaning sudyalik vakolatini to‘xtatib turish haqida qaror qabul qildi», deyiladi xabarda. 

O‘zbekiston prezidenti saylovi 9 iyul kuniga belgilangan. 

 

Mavzuga oid