Xitoy butun dunyodan yashirincha ravishda kosmik kema qurgani ma’lum bo‘ldi
Shenlong (Ilohiy ajdaho) deb nomlangan kema orbitada 276 kun o‘tkazgandan so‘ng yaqinda ikkinchi sinov parvozini amalga oshirdi.
Xitoy bir necha yillardan beri ko‘p marta foydalanish mumkin bo‘lgan kosmik robot-kemani ishlab chiqmoqda va bu borada allaqachon ma’lum muvaffaqiyatlarga erishgan.
Shenlong (Ilohiy ajdaho) deb nomlangan kema orbitada 276 kun o‘tkazgandan so‘ng yaqinda ikkinchi sinov parvozini amalga oshirdi. Ma’lumotni Xitoy aerokosmik fan va texnologiya korporatsiyasi (CASC) ham tasdiqladi.
Shu bilan birga, missiya, kosmik kema va deyarli bir yillik eksperimental parvoz davomida amalga oshirilgan jarayonlar tafsiloti oshkor etilmadi.
Avvalroq Xitoyning Chongfu Shiyong Shiyong Hangtian Qi (CSSHQ) kosmik qurilmasi 2020 yil sentabr oyida sinovdan o‘tkazilgani va Yerga muvaffaqiyatli qo‘ngani haqida ma’lum bo‘lgan edi. Jurnalistlarning fikricha, bu kema - aynan Shenlong.
Amerikaning SpaceNews jurnali ushbu missiya haqidagi barcha mavjud ma’lumotlarni tahlil etib, CCSHQ ishini sarhisob qildi: kosmik kema parvozi davomida ko‘plab orbital manyovrlarni amalga oshirdi va katta ehtimol bilan Shinjondagi Lop-Nur harbiy bazasiga qo‘ndirildi.
2022 yil avgust oyida 90 kunlik parvozdan so‘ng, ushbu qurilma kichik sun’iy yo‘ldoshni orbitaga olib chiqdi. Uning tabiati va maqsadi noma’lum. AQSh Kosmik Kuchlari (USSF) tomonidan olingan kuzatuv ma’lumotlari shuni ko‘rsatdiki, u Boeing X-37B samolyotiga o‘xshab ketadi.
Taxminlarga ko‘ra, bularning barchasi Xitoy tomonidan SpaceX tizimiga o‘xshash o‘ta og‘ir raketani qurish dasturining bir qismi bo‘lishi mumkin. Raketa konsepsiyasi 2021 yil aprel oyida taqdim etilgan edi.
Pekin, shuningdek, Tengyun («Samoviy chavandoz») deb nomlanuvchi yana bir ko‘p marta foydalanish mumkin bo‘lgan kosmik kemani ishlab chiqmoqda. Uning konsepsiyasi 2021 yilda Airshow China ko‘rgazmasida namoyish etilgan.
Mavzuga oid
19:57 / 25.12.2024
Xitoyda yolg‘iz insonlarni oila qurishga undovchi targ‘ibotlar kuchaytirildi
14:53 / 25.12.2024
Xitoy kompaniyasi Askiya bozorini 225,6 mlrd so‘mga sotib oldi
23:04 / 24.12.2024
Xitoy qutb suvlarida suzishga qodir dunyodagi eng yirik yuk tashuvchi kemani sinovdan o‘tkazdi
21:52 / 24.12.2024