O‘zbekiston | 16:55 / 16.05.2023
10936
3 daqiqa o‘qiladi

Jurnalistlar uchun press-tur tashkil etildi

Foto: Enter Engineering

Mamlakatimizning sanoat salohiyatini rivojlantirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlarni, jumladan bu ishlarda Enter Engineering kompaniyalari guruhining ishtiroki salmog‘i bilan keng jamoatchilikni tanishtirish maqsadida Toshkent viloyatining Yangiyo‘l shahrida joylashgan Enter Steel va Enter SOLAR Green Energy mashinasozlik zavodlariga mamlakatimizning televizion kanallari, bosma va elektron nashrlar vakillari hamda blogerlari ishtirokida press-tur tashkil etildi.

Jurnalistlar va blogerlar e’tiboriga Enter Steel zavodining nisbatan qisqa vaqt ichida metall konstruksiyalar, ko‘prikli va chorpoya kranlar, bosim ostida ishlovchi sig‘imlar va apparatlar ishlab chiqarish bo‘yicha yiliga 25 mingta mahsulot quvvatiga ega O‘zbekistondagi eng yirik korxonaga aylangani haqida hikoya qiluvchi taqdimot havola etildi. Darhaqiqat, zavodning quvvati va salohiyati ortib bormoqda — uning filiali Olmaliq shahrida ishlamoqda, Buxoro viloyatida esa «Enter Steel Karakul» yangi zavodi qurilmoqda, zavodda ishlab chiqariladigan mahsulotlar Chirchiq shahrida joylashgan zavodga tegishli konstruktorlik byurosida yaratilmoqda. Asosiy e’tibor ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning sifat ko‘rsatkichlari bo‘yicha jahon standartlariga mos bo‘lishiga qaratiladi. Buning natijasi o‘laroq, zavod mahsulotlari ASME, ISO, IQNet kabi xalqaro sertifikatlariga erishgan.

Mehmonlar zavodning sexlarida bo‘lib, ishlab chiqarish jarayonlarini yaqindan kuzatdilar, xodimlar bilan tanishib, yetakchi mutaxassislar bilan suhbatlashdilar. Mahsulotlar sifati qay darajada sinchkovlik bilan tekshirilishini zavodning Markaziy laboratoriyasida o‘z ko‘zlari bilan ko‘rdilar. Bu yerda mehmonlarga Ispaniyaning Ibertest brendi ishlab chiqargan fizikaviy-mexanikaviy sinovlar uchun mo‘ljallangan apparatlarida metallarning sifatini tekshirish jarayoni ko‘rgazmali tarzda namoyish etildi.

Press-tur dasturida belgilangan yana bir manzil — joriy yilda qurilgan va ayni paytda ishga tushirish-sozlash jarayonlari olib borilayotgan Enter SOLAR Green Energy zavodi bo‘ldi. Eng zamonaviy ishlab chiqarish innovatsion texnologiyalar bilan jihozlangan ushbu zavod Markaziy Osiyoda yagona hisoblanadi. Bu yerda 25 yillik foydalanish muddati kafolatlangan quyosh panellari tayyorlanadi, ular kelgusida mamlakatimizda bunyod etilajak fotoelektrik stansiyalar (FEK)ga o‘rnatilishi rejalashtirilgan. Jurnalistlar va blogerlar yaqindagina montajlash ishlari yakunlangan Ecoprogetti (Italiya)ning avtomatlashtirilgan liniyasi ishi bilan tanishdilar, mutaxassislardan o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.

Qayd etish joizki, bugun bu yerda mingga yaqin ishchi o‘rni yaratilgani ham Enter Steel va Enter SOLAR Green Energy zavodlarining yuksak ijtimoiy ahamiyatini tasdiqlaydi.

Enter Engineering matbuot xizmati Ⓣ

Mavzuga oid