O‘zbekiston | 13:52 / 17.05.2023
5269
1 daqiqa o‘qiladi

Air Cairo aviakompaniyasining Sharm-al-Shayx - Toshkent reysi 10 soatga kechiktirildi

Air Cairo aviakompaniyasining Sharm-al-Shayx - Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha SM771 reysi Sharm-al-Shayxdagi noqulay ob-havo sharoiti, shuningdek, ekipaj ish vaqti tugagani sababli Misr aeroportida 10 soatdan ortiq kechiktirildi.

Foto: Uzbekistan Airpors

200 dan ortiq yo‘lovchi O‘zbekiston poytaxtiga jo‘nab ketishni kutmoqda. Sharm-al-Shayxdan Toshkentga uchadigan samolyot Toshkent vaqti bilan soat 15:00 da uchishi rejalashtirilgan. Toshkentga yetib kelish soat 19:30 ga belgilangan.

Uzoq kechikish munosabati bilan SM771 (Toshkent —   Sharm-al-Shayx) reysining parvozlar jadvali o‘zgartirildi. Toshkentdan jo‘nab ketish 2023 yil 17 may soat 20:30, Sharm-al-Shayxga yetib kelish 2023 yil 18 may, Toshkent vaqti bilan soat 01:55 ga belgilangan.

“Toshkent” xalqaro aeroportidan uchayotgan yo‘lovchilarga reysning kechiktirilgani haqida xabar berilgan va ularga o‘z uylariga qaytish yoki terminalda parvozni kutish taklif qilingan.

Parvoz jadvalini o‘zgartirish to‘g‘risidagi batafsil ma’lumotlar aviatashuvchidan olinishi mumkin.

Mavzuga oid