Fon der Lyayyen Yevropani “tinchlik formulasini” qo‘llab-quvvatlashga chaqirdi
Yevropa komissiyasi rahbari Ursula fon der Lyayyen Ukrainaning “tinchlik formulasi”ni urushni tugatishning asosiy sharti deb atadi.
“Ukraina ishtirokisiz biz Ukraina bo‘yicha hech narsani hal qilmaymiz... Shuning uchun men barchani ushbu “tinchlik formulasini” qo‘llab-quvvatlashga chaqiraman”, dedi u Reykyavikdagi Yevropa Kengashi sammitida so‘zlagan nutqida.
Ukrainada Rossiya agressiyasi qurbonlari ancha oldin, urushgacha bo‘lgan davrda paydo bo‘lgan, deb ta’kidladi u.
"Bu Maydanda snayperlar tomonidan otib o‘ldirilgan birinchi qurbonlar bilan... Rossiya 2014 yilda Qrim va Donbassga bostirib kirgani bilan boshlandi", deb eslatdi Yevrokomissiya raisi.
Ukraina Yevropaning ideallari va qadriyatlari uchun, mustahkam birlik va tinchlikni yaratish, Yevropa sivilizatsiyasi qurilgan erkinlik, xilma-xillik va insoniyat uchun kurashmoqda, dedi Yevropa komissiyasi raisi Ursula fon der Lyayyen.
9 may, seshanba kuni u Yevropada tinchlik o‘rnatish “o‘tgan asrning ko‘p qismida imkonsiz, dargumon” bo‘lib tuyulgani, ammo bunga erishilganini hech qachon unutmaslikka chaqirdi.
Endi Yevropa Ittifoqi doirasida erkin va tinch Ukraina haqida gapirish imkonsiz bo‘lib tuyulishi mumkin, dedi fon der Lyayyen Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy bilan muzokaradan so‘ng o‘tkazilgan matbuot anjumanida.
"Ammo Yevropa imkonsiz narsaning uddasidan chiqyapti. Xuddi Ukraina kabi", - deya qo‘shimcha qildi u.
Mavzuga oid
15:25 / 06.12.2024
WSJ: Ukraina tinchlikka tayyorligini e’lon qilishni rejalashtirmoqda
15:53 / 28.11.2024
Fon der Lyayyen mudofaa xarajatlarini oshirishga chaqirdi
22:58 / 27.11.2024
Yevroparlament Yevropa komissiyasining yangi tarkibini tasdiqladi
23:32 / 21.11.2024