“Obod va xavfsiz mahalla” tamoyili asosida mahallalarda ijtimoiy profilaktika bo‘yicha yo‘riqnoma ishlab chiqildi
Hukumatning “Obod va xavfsiz mahalla” tamoyili asosida mahallalarda jamoat xavfsizligini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e’lon qilindi.
Loyihada “Obod va xavfsiz mahalla” tamoyili asosida mahallalarda jamoat xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha bir qator chora-tadbirlarni belgilash taklif qilinmoqda.
Xususan, loyiha bilan aholini har qanday tahdidlardan kafolatli himoya qilish hamda oilada ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirishga qaratilgan “Obod va xavfsiz mahalla” tamoyili asosida mahallalarda ijtimoiy profilaktikani amalga oshirish bo‘yicha yo‘riqnoma hamda Jinoyatlarning omillarini ilmiy diagnoz asosida aniqlash metodikasini tasdiqlash nazarda tutilmoqda.
“Obod va xavfsiz mahalla” tamoyili asosida mahallalarda ijtimoiy profilaktikani amalga oshirish bo‘yicha yo‘riqnomaga muvofiq mahallalarda jamoat xavfsizligini ta’minlash maqsadida ichki ishlar organi tayanch punkti (huquq-tartibot maskani) profilaktika (katta) inspektori, mahalla raisi, aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha hokim yordamchisi, mahalladagi xotin-qizlar faoli va mahalladagi yoshlar yetakchisining huquqbuzarlik sodir etish va huquqbuzarlikdan jabrlanish ehtimoli yuqori bo‘lgan shaxslarga ijtimoiy profilaktika choralarini qo‘llash bo‘yicha kunlik yakka tartibda manzilli ishlash tartibini joriy etish taklif qilinmoqda.
Shu bilan birga, yo‘riqnomada huquqbuzarlik sodir etish va huquqbuzarlikdan jabrlanish ehtimoli yuqori bo‘lgan shaxslarning toifalari belgilanib, ular bilan ishlashda mahalla miqyosida profilaktika inspektori tomonidan mahalla raisining umumiy boshqaruvi ostida amalga oshiriladigan hokim yordamchisi, xotin-qizlar faoli, yoshlar yetakchisining faoliyatini tashkil etish tartibini amaliyotga tatbiq etish belgilanmoqda.
Jinoyatlarning omillarini ilmiy diagnoz asosida aniqlash metodikasida esa jinoyatlarning omillari, ularni aniqlash va ilmiy diagnoz asosida aniqlash tartibi belgilanmoqda hamda jinoyatlarning omillarini ilmiy diagnoz asosida aniqlaydigan ilmiy tashkilotlar belgilanmoqda.
Shuningdek, ushbu faoliyatni zamonaviy axborot-texnologiyalarni qo‘llagan holda E-jamoat xavfsizligi axborot tizimining “Huquqbuzarliklar omillari” moduli orqali amalga oshirish nazarda tutilmoqda.
Mavzuga oid
19:03 / 16.12.2024
Mahalla bankirlari faoliyati yo‘lga qo‘yiladi
10:38 / 13.12.2024
O‘zbekistonda 102 ta ijtimoiy xizmat mahalla darajasiga tushirildi
09:35 / 04.12.2024
Mahallalarda ijtimoiy profilaktika tadbirlari o‘tkaziladi
08:50 / 21.09.2024