Foto: Italiya shimolida suv toshqini oqibatlari
20 dan ortiq daryo qirg‘og‘idan toshib chiqqan, 9 kishi halok bo‘lgan, minglab kishilar o‘z uylarini tark etishga majbur bo‘lgan.
Italiyaning shimoliy qismiga kuchli yomg‘irlar yog‘ib, 20 dan ortiq daryo qirg‘oqlaridan toshib chiqishiga sabab bo‘ldi.
Mahalliy rasmiylarning hisob-kitoblariga ko‘ra, may boshidan buyon 10 mingdan ortiq kishi evakuatsiya qilingan, to‘qqiz kishi halok bo‘lgan, qancha odam bedarak yo‘qolgani hozircha ma’lum emas.
Kamida 23 ta aholi yashash manzillarini suv bosgan, bu 50 mingdan ortiq kish elektr energiyasidan uzilishiga, uyali aloqa tarmoqlariga zarar yetkazilishiga va transport harakati izdan chiqishiga olib keldi.
Emiliya-Romanya regioni eng jiddiy darajada talafot ko‘rgan: bu hududda «Formula 1» Gran-pri bosqichini bekor qilishga to‘g‘ri keldi. Italiya shimolida yomg‘irlar keyingi kunlarda ham davom etadi. Shuningdek, Xorvatiya va Bosniyada yomg‘irlar mavsumi boshlangan. Quyida Italiya shaharlari duch kelayotgan suv toshqini oqibatlari aks etgan suratlar.
Mavzuga oid
13:51
Italiyaning eng yirik banki RFdan yevroda to‘lovlar qabul qilishni to‘xtatadi
15:01 / 23.12.2024
Meloni: RF migratsiyadan YeIga putur yetkazish uchun foydalanishi mumkin
13:48 / 19.12.2024
«Gazprom» Italiyaga birinchi marta STG yetkazib berdi
00:35 / 19.12.2024