To‘lov tizimi operatorlari va to‘lov tashkilotlari faoliyatini nazorat qilish tartibi tasdiqlandi
Markaziy bank boshqaruvining “To‘lov tizimi operatorlarining va to‘lov tashkilotlarining faoliyatini nazorat qilish va kuzatuvni amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori qabul qilindi.
Nizomga ko‘ra, to‘lov tizimi operatorlari va to‘lov tashkilotlari faoliyatini nazorat qilishda Markaziy bank:
- to‘lov tizimlari operatorlaridan va to‘lov tashkilotlaridan to‘lov tizimlarining ishlashi bilan bog‘liq axborotni, shu jumladan shaxsga doir ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan axborotni so‘rab oladi;
- to‘lov tizimlari operatorlari va to‘lov tashkilotlari tomonidan to‘lov tizimlarining ishlashi to‘g‘risidagi hisobotlarni taqdim etish shakllari va muddatlarini, shuningdek hisobotlarni tuzish uslubiyotini belgilaydi;
- to‘lov tizimlari operatorlari va to‘lov tashkilotlari tomonidan to‘lov tizimlarining ishlashi to‘g‘risida taqdim etilgan axborotni tahlil qiladi;
- to‘lov tizimlari operatorlarining va to‘lov tashkilotlarining faoliyatini inspeksiya tekshiruvlaridan o‘tkazadi;
- to‘lovlar va to‘lov tizimlari to‘g‘risidagi qonunchilik talablari buzilgan taqdirda to‘lov tizimlarining operatorlariga va to‘lov tashkilotlariga nisbatan choralar hamda sanksiyalar qo‘llaydi.
- Mazkur tashkilotlar faoliyatini o‘rganishda Markaziy bank “sirli mijoz”larni jalb qilishi mumkin.
Quyidagi holatlarda to‘lov tizimlari operatorlarining va to‘lov tashkilotlarining faoliyatini inspeksiya tekshiruvi o‘tkazilishi mumkin:
- tavakkalchilikni baholash natijalari asosida;
- huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat qiluvchi organlarning so‘rovlari asosida;
- jismoniy va yuridik shaxslarning qonunchilik hujjatlari buzilganligi faktlari to‘g‘risidagi murojaatlari asosida.
Inspeksiya tekshiruvining muddati 30 kalendar kundan oshmasligi lozim. Markaziy bankning qoidabuzarlikni bartaraf etish to‘g‘risidagi ko‘rsatmasini bajarmagan, shuningdek jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish to‘g‘risidagi qonunchilik talablarini buzgan taqdirda, Markaziy bank quyidagi sanksiyalardan birini qo‘llaydi:
- BHMning 5 000 baravarigacha bo‘lgan miqdorda jarima soladi;
- to‘lov xizmatlarining va (yoki) operatsiyalarning ayrim turlarini amalga oshirishni 6 oygacha bo‘lgan muddatga cheklaydi;
- litsenziyaning amal qilishini 10 ish kunigacha bo‘lgan muddatga to‘xtatib turadi.
Markaziy bank yilda kamida bir marta to‘lov tizimi operatorlari va to‘lov tashkilotlari faoliyati to‘g‘risidagi ma’lumotlarni Markaziy bankning rasmiy veb-saytida e’lon qiladi.
Mavzuga oid
16:12
Moped va skuterlarni qayta ro‘yxatdan o‘tkazish uchun to‘lov joriy qilindi
09:45 / 27.11.2024
To‘lov terminallariga MSS-kodlar biriktiriladi
09:55 / 15.10.2024
Avtobus yo‘laklarida boshqa transportlarning harakatlanishi ustidan nazorat kuchaytirildi
12:30 / 24.09.2024