O‘zbekiston | 13:30 / 19.05.2023
5538
2 daqiqa o‘qiladi

KfW O‘zbekiston budjetini qo‘llab-quvvatlash uchun 500 mln yevro ajratishi mumkin

Germaniyaning KfW banki O‘zbekiston budjetini qo‘llab-quvvatlash uchun 500 mln yevro ajratishi mumkin, deb xabar berdi Mangold Consulting rahbari Kristof Mangold iqtisodiyot va moliya vaziri Sherzod Qudbiyev bilan uchrashuvda.

Foto: Iqtisodiyot va moliya vazirligi

Germaniya davlat banki KfW O‘zbekistonga budjetni qo‘llab-quvvatlash uchun 500 mln yevro miqdorida kredit ajratishi mumkin, deb xabar qildi Iqtisodiyot va moliya vazirligi matbuot xizmati.

17 may kuni iqtisodiyot va moliya vaziri Sherzod Qudbiyev va Mangold Consulting boshqaruvi raisi Kristof Mangold o‘rtasida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda bugungi kunda O‘zbekiston va Yevropa davlatlari o‘rtasidagi geosiyosiy vaziyat tufayli ta’minot zanjirlarida uzilishlar kuzatilayotgani ta’kidlandi. Shu munosabat bilan qo‘shma ishchi guruhi tuzildi. 

Ishchi guruh logistika bilan bog‘liq xarajatlarni tahlil qilib, muammoni bartaraf etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish, transport logistikasini rivojlantirish, iqtisodiyot uchun oqibatlarni yumshatish choralarini shakllantirish hamda Germaniya professional ta’limi tajribasini inobatga olib, Germaniyaning yetakchi korxonalarida O‘zbekiston fuqarolari malakasini oshirish sohasida hamkorlikni rivojlantirish kabi masalalarni muhokama qildi.  

Kristof Mangold uning kompaniyasi KfW tomonidan O‘zbekiston budjetini qo‘llab-quvvatlash uchun 500 mln yevro miqdorida kredit ajratilishida yordam berishga tayyorligini ta’kidladi. 

Mavzuga oid