Toshkent viloyatida 2 ta avtomobilni olib qochgan shaxs ushlandi
Toshkent viloyati IIBB Tezkor qidiruv xizmati xodimlari tomonidan viloyat hududida ikkita transport vositalarini olib qochgan shaxs aniqlandi.
2023 yilning 10 may kuni soat 20:20 larda Toshkent viloyati IIBB 102 xizmatiga “VAZ21013” rusumli avtoulovini eshiklarini yopmasdan, kalitini ham o‘zida qoldirgan fuqaro qaytib chiqqanida, avtomobili joyida yo‘qligini ma’lum qilgan.
Xuddi shunday holat 12 may kuni Quyi Chirchiq tumanida ham sodir bo‘lgan. Sergeli mahallasi hududida joylashgan dala maydonida fuqaro o‘ziga tegishli bo‘lgan “Nexia” avtomashinasini noma’lum tomonga olib qochib ketilganligini ma’lum qilgan. Bu ikki holat o‘rtasida o‘zaro bog‘liqlik mavjudligi bo‘yicha dastlabki xulosalar olinib, tezkor qidiruv tadbirlari jadallashtirilgan.
Quyi Chirchiq tuman Ichki ishlar bo‘limi tezkor xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tadbirlar davomida “Nexia” avtomashinasini 1991 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan, Parkent tumanida ro‘yxatga olingan, fuqaroligi bo‘lmagan shaxs olib qochganligi aniqlanib, u daliliy ashyolar bilan ushlangan.
Olib borilgan surishtiruv ishlari davomida, ushbu shaxs joriy yilning 10 may kuni Nurafshon shahrida “VAZ21013” rusumli avtomashinani ham olib qochib ketganligi ma’lum bo‘ldi.
Hozirda gumonlanuvchini boshqa jinoyatlarga aloqadorligini tekshirish maqsadida qo‘shimcha surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
18:48 / 27.12.2024
Toshkent viloyatida quduqqa tushib ketgan fuqaro qutqarildi
13:50 / 27.12.2024
Toshkent viloyatidagi uchta AYoQShda sifatsiz benzin sotilayotgani aniqlandi
11:25 / 23.12.2024
Xitoyda 2024 yilning eng yaxshi avtomobillari e’lon qilindi
10:56 / 22.12.2024