O‘zbekiston | 17:01 / 23.05.2023
9170
5 daqiqa o‘qiladi

Payme ekspertlari onlayn-to‘lovlarning afzalliklari va xavfsizligi haqida gapirib berishdi

Foto: Payme

Payme mutaxassislari onlayn-to‘lovlarning asosiy afzalliklari bilan o‘rtoqlashdilar va ular qanchalik xavfsiz ekanligini tushuntirib berdilar.

Zamonaviy O‘zbekistonni onlayn-to‘lovlarsiz tasavvur etib bo‘lmaydi, buning sharofati bilan mamlakatning har bir aholisi smartfon yordamida xizmatlar va servislar uchun haq to‘lash imkoniyatiga ega bo‘ldi. Payme kompaniyasi mutaxassislari onlayn-to‘lovlarning muhim afzalliklari, buning yordamida ko‘p vaqtni tejash mumkinligi, ulardan foydalanish qanchalik xavfsiz va qulayligi haqida so‘zlab berishdi. Payme ilovasida tovar va xizmatlar uchun to‘lov o‘zingiz bilan bir uyum naqd pul olib yurishdan ko‘ra qulayroqdir.

Payme muqobil – onlayn-to‘lovlardan foydalanishni taklif qiladi, ularning afzalliklari orasida yuqori tezlik, kundalik foydalanish qulayligi, navbatda turishdan va to‘lov joyigacha yo‘lda vaqtni tejash, qaytim izlashning keragi yo‘qligi va foydalanuvchi ma’lumotlari xavfsizligini ta’minlash imkoniyatlari mavjud.

Onlayn-to‘lovlar qanday amalga oshiriladi?

Payme foydalanuvchilari xizmatlar uchun ilovaning tegishli bo‘limida, saytda va Telegram messenjeridagi maxsus botda to‘lovlarni amalga oshirishi, kartalar o‘rtasida o‘tkazmalar, QR-kod va Payme Go yordamida to‘lov, Visa kartasidan foydalangan holda xalqaro to‘lovlarni amalga oshirishi mumkin. Ushbu usullarning har biri turli vaziyatlarda foydali bo‘ladi, ammo ularning barchasini inkor etib bo‘lmas birlashtiruvchi bir jihat bor - bu xavfsizlik va qulaylik.

Onlayn-to‘lovni amalga oshirishda foydalanuvchining shaxsiy ma’lumotlari xavfsiz shifrlanadi, bu maxfiy ma’lumotlarning sizib chiqishi haqida xavotirlanmaslik imkonini beradi. Shunisi e’tiborga loyiqki, to‘lov vaqtida foydalanuvchi tovar yoki xizmatlarni sotib olishi vaqtida undan sotuvchi tomonidan o‘zboshimchalik bilan belgilangan qiymat emas, balki qat’i belgilangan summa yechib olinadi. Payme o‘z foydalanuvchilarining moliyasi himoyasida turadi, bu esa to‘lovlarni amalga oshirishda xavfsizlik hissini yaratadi.

Xalqaro darajadagi ishonchli himoya

Har qanday turdagi onlayn-to‘lovlarni amalga oshirishda Payme xizmat ko‘rsatuvchi ta’minotchiga faqat operatsiyani amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlarni yuboradi. Bu ma’lumotlar ochiq yoki saqlangan bo‘lishidan qat’i nazar, u doim mijozlarning moliyaviy xavfsizligini ta’minlash uchun shifrlanadi.

Payme xavfsizlik mutaxassislari moliyaviy ma’lumotlarni himoya qilish va foydalanuvchilariga nisbatan firibgarlikning oldini olish uchun barcha zarur choralarni ko‘rayotganliklarini aytishdi. Shunday qilib, foydalanuvchining shaxsiy kabinetiga kirishda moliyaviy operatsiyalarni amalga oshirish uchun shaxsingizni tasdiqlashda ko‘p faktorli autentifikatsiyadan o‘tish kerak. Ya’ni, Payme jamoasi akkauntdagi har qanday shubhali harakatni aniqlash uchun uni monitoring qilib boradi.

Misol uchun, agar akkauntga yangi qurilma orqali kirilsa, foydalanuvchiga SMS-xabarnoma keladi. Bu Payme jamoasi foydalanuvchiga parolni begona shaxs bilib qolsa va mijozning shaxsiy kabinetiga kirishga harakat qilsa, uning akkauntini himoya qilishda yordam berishi uchun zarur.

Shuningdek, Payme o‘z mijozlari xavfsizligini ta’minlash maqsadida yetakchi to‘lov tizimlari va banklar bilan ham hamkorlik qiladi. Shunday qilib, Payme kompaniyasi auditdan muvaffaqiyatli o‘tdi va PCI DSS xavfsizlik standartlariga muvofiqligini tasdiqladi. Bu mijozlarning to‘lov kartalari ma’lumotlari xavfsizligini ta’minlash va kompaniyaning IT infratuzilmasi samaradorligini ta’minlashga sodiqligining yaqqol dalilidir. Payme har yili mijozlar ma’lumotlarini qayta ishlash, saqlash va uzatish bilan bog‘liq barcha jarayonlar yuqori darajada himoyalanganligini va axborot xavfsizligi bo‘yicha xalqaro talablarga to‘liq mos kelishini tasdiqlaydi.

Mijozlarning shaxsiy ma’lumotlari xavfsizligi Payme jamoasi uchun muhim ustuvor vazifa hisoblanadi.

Instagram: @payme.uz

Facebook: fb.com/payme.uz

Telegram: t.me/payme_uz

Reklama

Mavzuga oid