Jahon | 10:24 / 24.05.2023
4539
2 daqiqa o‘qiladi

Jurnalist Evan Gershkovichni hibsga olish muddati uch oyga uzaytirildi

Rossiyada josuslikda ayblangan amerikalik jurnalist kamida 30 avgustgacha hibsda qoladi.

Foto: Reuters

Moskvaning Lefortovo sudi Rossiyada josuslikda ayblanayotgan The Wall Street Journal gazetasining amerikalik jurnalisti Evan Gershkovichni hibsga olish muddatini 30 avgustgacha uzaytirdi. Bu haqda 22 may, seshanba kuni “Interfaks” agentligi xabar berdi.

“Sud tergovchining qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasini 30 avgustga qadar uzaytirish haqidagi iltimosini qanoatlantirdi”, — deyiladi sudda. Gershkovich ishi bo‘yicha materiallar maxfiy bo‘lganligi sababli ehtiyot chorasini uzaytirish bo‘yicha yig‘ilish yopiq eshiklar ortida o‘tkazildi.

Lefortovo sudi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, sudda jurnalistning Rossiyaga AQShdan kelgan ota-onasi ishtirok etgan, biroq ularga sud majlisining o‘zida ishtirok etishga ruxsat berilmagan. AQSh Davlat departamenti uchrashuvda bir elchixona xodimi ishtirok etganini xabar qildi.

Gershkovich aprel boshidan beri hibsda. Bu vaqt ichida amerikalik diplomatlarga bir necha bor jurnalist bilan uchrashish uchun konsullik ruxsati berilmagan. Rossiya Tashqi ishlar vazirligi bu "rossiyalik jurnalistlarga vizalar berilmaganiga javoban" qilingani bilan tushuntirdi.

Mavzuga oid