O‘zbekiston | 08:46 / 26.05.2023
11305
1 daqiqa o‘qiladi
Toshkentda avtobusning 25 mln so‘mlik taxografini o‘g‘irlab ketishdi
Toshkent shahrida avtobus ehtiyot qismini o‘g‘irlash holati bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Bu haqda poytaxt IIBB xabar bermoqda.
Yashnobod tumani IIO FMBga kelib tushgan xabarga ko‘ra, noma’lum shaxs avtobus parkining devoridan oshib o‘tib, u yerda turgan «MAN» rusumli avtobusning 25 000 000 so‘mlik taxografini o‘g‘irlab ketgan.
Ko‘rilgan chora-tadbirlar natijasida, ushbu jinoyatni sodir etishda gumon qilingan 44 yoshli A.M. aniqlanib, qo‘lga olingan.
Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi (“O‘g‘rilik”) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov davom etmoqda.
Mavzuga oid
12:36 / 11.01.2025
Viloyatlararo 10 ta yangi yo‘nalishda katta hajmli avtobuslar qatnovi yo‘lga qo‘yiladi
12:24 / 08.01.2025
“Jarima chiptasizlar uchun” – Toshkent avtobuslarida yo‘lkirani naqd pulda to‘laydiganlarga jarima solinishi rad etildi
13:11 / 05.01.2025
O‘zbekistonda 11 oyda qancha avtobus ishlab chiqarilgani ma’lum qilindi
21:07 / 28.12.2024