O‘zbekiston | 16:50 / 27.05.2023
10112
2 daqiqa o‘qiladi

Toshkent Kimyo xalqaro universitetining Namangan filialida xalqaro anjuman bo‘lib o‘tdi

2023 yil 25-26 may kunlari Toshkent Kimyo xalqaro universitetining Namangan filialida “Hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish: xalqaro tajribalar, muammo va yechimlar” mavzusida muhim xalqaro ilmiy-amaliy anjuman bo‘lib o‘tdi.

Anjuman ishida Universitetning xalqaro hamkorlari, jumladan, Ruzvelt va Indiana universitetlari, AQSh elchixonasi Amerika kengashi, Sulaymoniya – Iroq Amerika universiteti, Toshkent Kimyo xalqaro universitetining Koreys tili markazi, Janubiy Koreyaning Sunchon, Xanyang, Gachon, Xankyong universitetlari, Bagamadagi Xalqaro banklar va trast kompaniyalar Assotsiatsiyasi, Turkiyaning Nejmiddin Erbakan va Bingyol universitetlari, Malayziyaning Mara texnologik universiteti, Bolgariyaning Varna Menejment universiteti, shuningdek, Namangan viloyati va Namangan shahri hokimliklari, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, boshqa xalqaro va mahalliy oliy o‘quv yurtlari, manfaatdor vazirlik va idoralar, jamoatchilik tashkilotlari va O‘zbekistondagi xorijiy mamlakatlar diplomatik missiyalari vakillari faol ishtirok etdi.

Anjuman ishtirokchilari hududlarning kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini boshqarish muammolari, innovatsion tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirishga oid davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlari, mintaqa iqtisodiyoti raqobatbardoshligi va investitsiya faolligini oshirish yo‘nalishlari, hududlarning moliyaviy mustaqilligiga erishish va bank-moliya sohasini rivojlantirish kabi masalalarida chiqish qildilar.

Markaziy Osiyoda migratsiya, undagi muammolar, mamlakatlar orasidagi tafovutlar va yechimlar mavzusida olib borgan tadqiqotlari bilan Indiana universiteti professori Marianna Kamp (AQSh) chiqish qildi. Professor hamkasblari tomonidan tashkillangan anjumanda qatnashishdan va bu kabi ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarga ilmiy nuqtayi nazar bilan qaralayotganidan, xalqaro tajribalar tahlil qilinayotganidan xursandligini bildirdi.

Anjuman davomida ishtirokchilar sohalar kesimida shu’balarga bo‘lingan holda muammolarni tahlil qilish, xalqaro tajribani o‘rganish va yechimlarni topish bo‘yicha o‘z takliflarini berdilar.

Mavzuga oid