Surxondaryodagi bozorda yong‘in sodir bo‘ldi
Sho‘rchi tumanidagi bozorda sodir bo‘lgan yong‘inda savdo do‘konining ikkinchi qavati va uning ichida bo‘lgan narsalar yonib ketgan.
Ma’lum qilinishicha, bugun, 31 may kuni soat 05:11 da Sho‘rchi tumani Bobotog‘ mahallasi Mustaqillik ko‘chasida joylashgan ikki qavatli aralash mollar savdo do‘konida yong‘in sodir bo‘lgan.
Oqibatda, savdo do‘konining 2-qavatida 85 metr kvadrat joyda binoning shift qismi va do‘kon ichidagi narsalar yongan. Yong‘in-qutqaruv ekipajlari voqea joyiga soat 05:14 da yetib borgan. Qariyb bir yarim soatdan so‘ng soat 06:40 da olov batamom o‘chirilgan.
Hodisada hech kim tan jarohati olmagan. Hozirda yong‘in kelib chiqish sabablari va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.
Eslatib o‘tamiz, 2022 yil 19 oktyabr kuni Andijondagi Jahon bozorida yong‘in kelib chiqqan va oqibatda 56 ta savdo do‘koni yonib ketgandi.
Mavzuga oid
19:09 / 26.12.2024
5 nafar o‘zbekistonlik yonib ketgan ferma egasiga nisbatan jinoiy ish ochildi
20:36 / 24.12.2024
Eyfel minorasida yong‘in sodir bo‘ldi
13:18 / 24.12.2024
Rossiyadagi yong‘inda O‘zbekistonning 5 nafar fuqarosi halok bo‘ldi
21:23 / 21.12.2024