Jahon | 11:46 / 07.06.2023
4679
2 daqiqa o‘qiladi

Tahlilchilar Yevropa startaplariga sarmoya 32 mlrd dollarga qisqarishini taxmin qildi

Tahlilchilar 2023 yilda Yevropa texnologik startaplarini moliyalashtirish 39 foizga qisqarishini taxmin qildi, ya’ni 83 milliard dollardan 51 milliard dollargacha. Ularning ta’kidlashicha, amerikalik investorlarning startaplarga bo‘lgan qiziqishi Ukrainadagi voqealar va jahon markaziy banklari tomonidan pul-kredit siyosatining keskinlashuvi fonida pasaygan.

Foto: Shutterstock

Venchur kapitali tomonidan qo‘llab-quvvatlanadigan Yevropa texnologik startaplarini moliyalashtirish 2022 yilga nisbatan 2023 yilda 39 foizga qisqaradi, deb xabar berdi CNBC Atomico prognoziga tayanib.

2023 yilda investitsiya fondi tahlilchilari bashorat qilishlaricha, investitsiyalar hajmi 2022 yildagi 83 milliard dollarga nisbatan 51 milliard dollarni tashkil qiladi. Shu bilan birga, o‘tgan yil ham Yevropa texnologik startaplari uchun og‘ir bo‘ldi — ularga investitsiyalar 22 foizga kamaydi (2021 yildagi 106 milliard dollardan 83 milliard dollargacha).

Moliyalashtirishning keyingi bosqichlarida kompaniyalar umumiy investitsiya yo‘qotishlarining 93 foizini tashkil etishi kutilmoqda, bu 2022 yildan 2023 yilgacha bo‘lgan davrda taxminan 28 milliard dollarni tashkil etadi. Dastlabki bosqichdagi startaplarni moliyalashtirish sezilarli daraja kamaydi. 15 million dollardan kam mablag‘ jalb etgan kompaniyalarni moliyalashtirish 2023 yilning birinchi yarmida o‘tgan yilning shu davridagi 10,3 milliard dollardan 8,2 milliard dollarni tashkil etdi.

Ko‘p jihatdan moliyalashtirishning qisqarishiga amerikalik investorlarning global omillar, jumladan Ukrainadagi vaziyat va Federal zaxira tizimi hamda eng yirik davlatlarning markaziy banklari tomonidan pul-kredit siyosatining keskinlashuvi ta’siri ostida bo‘lgan texnologiya kompaniyalari aksiyalariga qiziqishi pasayishi sabab bo‘ldi. Ushbu omillar investorlarni foyda keltirmaydigan texnologik kompaniyalarga nisbatan o‘z pozitsiyalarini qayta ko‘rib chiqishga undadi, ularning qiymati odatda kelajakdagi pul oqimlarini kutishiga bog‘liq, deb ta’kidlaydi CNBC.

Mavzuga oid