Toshkentda 4 tumandagi ayrim hududlarda elektr ta’minoti vaqtincha to‘xtatildi
Toshkent shahridagi qator tumanlarning ayrim hududlarida elektr qurilmalarini rekonstruksiya va modernizatsiya ishlari sababli elektr ta’minoti vaqtincha to‘xtatildi.
«Hududiy elektr tarmoqlari» AJ Toshkent shahar filiali xabariga ko‘ra, bugun, 14 iyun kuni quyidagi manzillarda elektr ta’minoti vaqtincha o‘chirildi:
Yashnobod tumani: «Shohsanam», «Katta Yangiobod», «Aviasozlar», «Navro‘zobod», «Parvoz» hamda «Dilbog‘» MFYning ayrim hududlarida soat 17:00 gacha;
Uchtepa tumani: «Bog‘iston» MFYning 4 ta ko‘p qavatli turar joy binosida soat 17:00 gacha;
Yakkasaroy tumani: «Muqimiy» MFY hududida soat 17:00 gacha;
Chilonzor tumani: «Do‘mbirobod» hamda «1-Charx Kamolon» MFY hududida soat 18:00 gacha;
Yuqoridagi hududlarda ta’mirlash ishlari belgilangan vaqtdan avvalroq yakunlanishi mumkinligi bildirilgan.
Mavzuga oid
11:12
Toshkentda tramvay liniyasini qurish bo‘yicha texnik-iqtisodiy asoslar ishlab chiqiladi
10:35
Toshkentdagi 4 tumanda “kogeneratsiya” qurilmalari ishga tushiriladi
08:10 / 10.01.2025
Elektr energiyasi uchun “yashil tarif”lar joriy etilishi mumkin
12:24 / 08.01.2025