Toshkentda maktab o‘quvchilari o‘rtasida sodir bo‘lgan mushtlashuv oqibatida 4 o‘quvchi jarohat oldi
Toshkent shahridagi maktablardan birida o‘quvchilar o‘rtasida mushtlashuv sodir bo‘ldi. Holat 2023 yil 22 may kuni soat taxminan 12:15 larda Yunusobod tumanidagi umumta’lim maktablaridan birining hovlisida yuz bergan.
Toshkent shahar MMTB matbuot xizmati xabariga ko‘ra, maktabning 11-«b» hamda 11-«d» sinfining 6 nafar o‘quvchisi o‘zaro tortishib qolishgan va mushtlashgan. Hodisadan xabar topgan maktab ma’muriyati shu zahoti ularni ajratib qo‘ygan.
Mushtlashuv oqibatida o‘quvchilardan R.O., I.I., Y.B., A.B. yengil tan jarohati olgan va ularga maktab tibbiy bo‘lim xodimlari tomonidan birinchi yordam ko‘rsatilgan. Janjal ishtirokchilari o‘zlarini yaxshi his qilgan, hech kim behush bo‘lib qolmagan.
Qayd etilishicha, Yunusobod tumani IIB psixolog-inspektori voqeadan xabardor qilingan, ichki ishlar xodimi soat 12:17 da maktabga yetib kelgan va bayonnoma rasmiylashtirilgan. O‘quvchilarning ota-onalari maktabga chaqirtirilib, farzandlari ishtirokida profilaktik tushuntirish ishlari olib borilgan. So‘ngra ota-onalar o‘z farzandlarini uylariga olib ketishgan.
Bildirilishicha, holat to‘liq Toshkent shahar maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi nazoratiga olingan. Ayni paytda mazkur holat yuzasidan Yunusobod tumani IIO FMB tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 277-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Mavzuga oid
10:25 / 12.12.2024
Maktablarda qishki ta’til 29 dekabrdan boshlanadi
14:47 / 04.12.2024
Germaniyada maktabga kechikkan o‘quvchilarga jarima solish boshlandi
13:56 / 04.12.2024
«Bir million dasturchi» loyihasida eng yaxshi natija ko‘rsatgan maktabga elektromobil beriladi
22:48 / 03.12.2024