O‘zbekiston | 10:55 / 16.06.2023
7583
2 daqiqa o‘qiladi

Bino qurilishida avtoturargohlarni hududlar kesimida kishi boshiga ko‘ra loyihalashtirish talabi belgilanyapti

Bino va inshootlar qurilishida avtoturargohlarni hududlar kesimida kishi boshiga ko‘ra loyihalashtirish talabi belgilanmoqda. Bu haqda Qurilish va uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi axborot xizmati rahbari Saidnosir Usmonov ma’lumot berdi.

Ta’kidlanishicha, Toshkent shahri va poytaxt viloyatida 1 xonadonga 1 ta avtoturargoh o‘rni, boshqa viloyatlarda esa 2 xonadonga 1 ta avtoturargoh bo‘lishi nazarda tutilmoqda.

Maktab va bog‘chalarda 25 nafar bolaga 1 ta, oliy ta’lim muassasalarida 4 nafar talabaga 1 ta, shifoxona va poliklinikalarda 5 nafar qatnovchiga 1 ta, ma’muriy ofis, tashkilot va xo‘jalik muassasalari binolarining 10 metr kvadrat qismiga 1 ta, masjidlarda 10 nafar tashrif buyuruvchi uchun 1 ta, bozorlardagi har ikkita savdo joyiga bittadan, mehmonxonalardagi har 5 ta o‘ringa 1 tadan avtoturargoh bo‘lishi shartligi belgilab qo‘yilyapti. 

Shuningdek, ta’mirlash-qurilish ishlari xavfli tabiiy jarayonlar va hodisalarning paydo bo‘lishiga yoki kuchayishiga olib kelmasligi hamda odamlarning hayoti va sog‘lig‘iga ta’sir qilmasligi, shuningdek, atrof-muhit, hayvonot va o‘simliklar olamiga zarar yetkazmasligi shartligi ko‘rsatilgan.

Mavzuga oid