Sport | 21:54 / 16.06.2023
33331
2 daqiqa o‘qiladi

CAFA Nations Cup. Eron Qirg‘izistonni tor-mor etib, O‘zbekistonning finaldagi raqibiga aylandi

CAFA Nations Cup'da V guruhida so‘nggi tur o‘yini bo‘lib o‘tdi. 

Foto: CAFA Nations Cup

Guruh peshqadamligi va final yo‘llanmasi uchun bahsda Eron Torimiyning het-trigi hamda Ozmunning dubli evaziga mezbon Qirg‘izistondan yirik hisobda ustun keldi. 

Natijada forslar 6 ochko bilan 1-o‘rinni qo‘lga kiritib, 20 kuni Toshkentdagi «Bunyodkor» stadionida o‘tadigan finalga yo‘l olishdi. Amir Galinoyi jamoasi turnir g‘olibligi uchun A guruhi yetakchisi O‘zbekiston bilan to‘qnash keladi. Xuddi shu kuni «Paxtakor» stadionida Qirg‘iziston A guruhida 2-pog‘onani egallagan jamoa (Tojikiston, Ummon yoki Turkmaniston) bilan bronza medali uchun o‘ynaydi.

CAFA Nations Cup. V guruhi. 3-tur
Qirg‘iziston — Eron 1:5

16 iyun. Bishkek
Gollar: Murzayev (52) — Torimiy (34, 39 penalti, 56), Ozmun (66, 79).
Qirg‘iziston — Kochenkov, Abdurahmonov, Atabayev (Musabekov, 69), Brauzman (Kozubayev, 58), Jumashev (Kojo, 58), Mamiraliyev, Murzayev (Batirkanov, 58), Aliqulov, Jirgalbek, Kichin, Shukurov. 
Eron — Beyranvand, Asadiy (Ozmun, 46), Karimiy (Hojisafiy, 63), Jahonbaxsh (Muhibiy, 53), Nurafkon, Puraliganjiy, Rizoyan, Torimiy (Amiriy, 75), Turobiy, Husayniy, Chashmi.

Mavzuga oid