Virgin Galactic koinotga tijoriy parvozlarini iyun oxirida boshlaydi
Britaniyalik milliarder Richard Brensonning Virgin Galactic Amerika aerokosmik kompaniyasi iyun oyi oxirida tijoriy kosmik parvozni amalga oshirishni rejalashtirmoqda, deyiladi firma bayonotida.
Birinchi parvoz 27-30 iyun kunlariga mo‘ljallangan bo‘lib, u mikrogravitatsiya bilan bog‘liq ilmiy tadqiqotlarga yo‘naltiriladi. Debyut missiyasi doirasida Italiya harbiy-havo kuchlari va mamlakat milliy tadqiqot kengashining uch nafar vakili koinotga uchadi.
Missiya Virgin Galactic «noyob suborbital ilmiy laboratoriyasining qiymati va kuchini» namoyish etadi, deyiladi xabarda.
Avgust oyi boshida xususiy astronavtlar koinotga uchishadi. Keyingi reyslar har oy amalga oshiriladi.
Galactic 01 va Galactic 02 deb nomlangan dastlabki ikkita missiya kompaniya veb-saytida jonli efirda namoyish etiladi.
Payshanba kuni Nyu-Yorkdagi qo‘shimcha savdolarda Virgin Galactic aksiyalari 44 foizga oshdi.
Mavzuga oid
00:17 / 21.12.2024
Astronomlar Somon yo‘li galaktikasi markazida noyob qo‘shaloq yulduz tizimini kashf etdi
17:28 / 03.12.2024
Xitoyda ulkan aylanma radioteleskop qurilishi boshlandi
13:48 / 02.12.2024
Uranda baliq bormi? Olimlar olis sayyorada hayot bo‘lishi mumkinligini aytmoqda
15:49 / 25.11.2024