O‘zbekiston | 13:48 / 17.06.2023
16784
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston bir yilda AQShga uran yetkazib berish hajmini qariyb 80 foizga oshirdi

O‘zbekiston uranining AQSh bozoridagi ulushi 11 foizga yetdi va Kanada, Qozog‘iston va Rossiyadan keyingi o‘rinni egallab turibdi.

Foto: Kommersant’

2022 yilda O‘zbekiston AQShga uran eksportini qariyb 80 foizga oshirdi, deb yozadi «Kommersant» EIA hisobotlariga tayanib.

O‘tgan yili O‘zbekistondan uran eksporti 4,44 million funt U3O8 ekvivalentini tashkil etib, 2021 yilga nisbatan 78 foizga o‘sdi. Shu tariqa, O‘zbekistonning Amerika bozoridagi ulushi 11 foizgacha o‘sdi. 

AQSh uran xomashyosining 95 foizdan ortig‘ini xorijdan sotib oladi. Uranning asosiy yetkazib beruvchisi 27 foiz (11,1 million fut) ulushi bilan Kanadadir. Keyingi o‘rindagi Qozog‘iston barcha ta’minotning chorak qismini (10 million fut) ta’minlaydi. Uchinchi o‘rinda 11,7 foiz ulush bilan Rossiya joylashgan.

2022 yil mart oyida AQSh prezidenti Jo Bayden Rossiyadan energiya tashuvchilar importini taqiqlashini e’lon qildi. Biroq, AQSh rasmiylari Rossiya uraniga qarshi sanksiyalarni qo‘llamadi. Rossiya Qozog‘iston va O‘zbekiston bilan birgalikda Amerika atom elektr stansiyalarining uranga bo‘lgan ehtiyojining qariyb yarmini qoplaydi.

Mavzuga oid