Jahon | 16:59 / 21.06.2023
15765
5 daqiqa o‘qiladi
Ukraina bo‘ylab zarbalar va Donbassdagi janglar. Urush suratlari
Ukrainadagi urushning 482-kuni o‘tdi. Asosiy ma’lumotlar:
- RF Davlat dumasi sudlangan odamlar bilan harbiy shartnomalar tuzishga va «maxsus harbiy amaliyot» ishtirokchilarini kichik va o‘rta og‘irlikdagi jinoyatlar uchun jinoiy javobgarlikdan ozod etishga ruxsat berdi.
- Kreml aholisi Ukraina bilan urushdan jiddiy jabr ko‘rayotgan regionlar rahbarlariga halok bo‘lgan harbiy xizmatchilarning nekrologlarini e’lon qilmaslik bo‘yicha tavsiya bergan, bu haqda «Verstka» surishtiruvida aniqlangan.
- Belgorod oblasti gubernatori Vyacheslav Gladkov 21 iyundan Shebekinoda kirish va chiqishda propusk rejimi bekor bo‘lishi haqida e’lon qildi.
- «Fontanka» Ukrainaning yozgi qarshi hujumi vaqtida Zaporijjya oblasti hududida halok bo‘lgan rossiyalik general-mayor Sergey Goryachevning qabri aks etgan fotosuratni e’lon qildi. RF mudofaa vazirligi uning o‘limi haqida rasman xabar bermagan.
- Yevroittifoq Ukrainaga 50 milliard yevrolik moliyaviy yordam ajratadi, bu haqda Bloomberg xabar berdi.
- Pentagon Ukrainaga harbiy yordam qiymatini qayta baholadi va xatolik bilan uni 6 milliard dollardan ortiqqa baholaganini aniqladi.
- Amerikaning General Electric kompaniyasi Rossiya issiqlik elektr stansiyalarining (IES) gaz turbinalariga xizmat ko‘rsatishni to‘xtatdi.
Kun kadri. Xerson oblastidagi fermer
Kiyevga dronlar hujumi
Donbass shimolidagi ukrain askarlari
Zaporijjya oblastiga zarba oqibatlari
Kiyevdagi dafn marosimi
Mavzuga oid
15:22
«Biz bu urushni tugatishimiz kerak». Tramp Putin bilan uchrashuvga tayyorgarlik haqida gapirdi
14:03
Kallas: Yevropa Ukrainani qo‘llab-quvvatlashda AQSh o‘rnini egallashga tayyor
11:13
Germaniya shoshilinch ravishda Ukrainaga boshqariladigan raketalarni topshiradi
10:35