Jahon | 22:32 / 23.06.2023
17733
2 daqiqa o‘qiladi

Bu yil haj ziyoratchilari soni pandemiyadan oldingi darajaga qaytdi

Saudiya Haj va umra vaziri Tavfiq ar-Robianing ma’lum qilishicha, COVID-19 cheklovlari joriy qilinishidan oldin har yili taxminan 2,6 million kishi Hajga borgan.

Foto: AP

Podshohlikning Haj ziyoratini o‘tkazish uchun tayyor ekanini ta’kidlagan Ar-Robia bu yil 37 davlat muassasasi ziyoratchilarga xizmat ko‘rsatishini ma’lum qildi. 

Shu bilan birga,  Saudiya xorijlik ziyoratchilar uchun haj narxi 39 foizga arzonlashtirilganini ma’lum qildi. 

Uning qo‘shimcha qilishicha, ziyoratchilar soni pandemiyadan oldingi darajaga qaytgan. COVID-19 cheklovlari joriy qilinishidan oldin har yili taxminan 2,6 million kishi Hajga borgan. 

Shu bilan birga, Saudiya Qizil Yarim Oy jamiyati bu yilgi Haj mavsumida muqaddas joylarda shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatish uchun sakkizta AgustaWestland AW139 vertolyoti joylashtirilishini e’lon qildi. 

Vertolyotlar eng so‘nggi rusumdagi tibbiy asbob-uskunalar bilan jihozlangan va malakali tibbiyot xodimlariga ega bo‘lib, favqulodda vaziyatlar yuzaga kelganida o‘rtacha 7 daqiqada yordamga yetib boradi. 

Saudiya Arabistonining muqaddas Makka shahriga yillik Haj ziyorati 26 iyun kuni boshlanadi.

Mavzuga oid