Xo‘jalik yurituvchi sub’yektlarning 1,7 trln so‘mlik qarzdorligi hisobdan chiqarildi
O‘zbekistonda 2144 ta xo‘jalik yurituvchi sub’yektlarga nisbatan qo‘llangan jarima bo‘yicha yuzaga kelgan 1,7 trln so‘m miqdoridagi qarzdorlik hisobdan chiqarildi.
Soliq qo‘mitasi xabariga ko‘ra, 2023 yil 1 iyun holatiga xo‘jalik yurituvchi sub’yektlarning tashqi savdo operatsiyalari bo‘yicha muddati o‘tgan debitor qarzdorligi uchun qo‘llangan jarimalar summasi hisobdan chiqariladi, ushbu jarimalarni undirish bilan bog‘liq sud va ijro ishlari tugatiladi.
Tashqi savdo operatsiyalari bo‘yicha muddati o‘tgan debitor qarzdorlikning vujudga kelish muddati 2023 yil 1 iyundan boshlab yangidan hisoblanadi.
Prezident qarori qabul qilinishi natijasida 1631 ta sub’yektga 2,5 trln so‘m miqdorida jarima qo‘llash yuzasidan iqtisodiy sudlarga kiritilgan arizalar ko‘rib chiqilishi to‘xtatiladi.
4170 ta sub’yektga 5,5 trln so‘m miqdorida jarima qo‘llash yuzasidan ko‘rilayotgan choralar to‘xtatildi.
Mavzuga oid
13:29 / 22.12.2024
Samarqandda tabiiy gaz va elektrdan qarzdorlikni yo‘q qilib bermoqchi bo‘lgan xodimlar ushlandi
14:08 / 13.11.2024
Toshkent viloyatida 3,3 trillion so‘mlik soliq qarzdorligi aniqlangan - Bosh prokuratura
08:48 / 09.11.2024
Ko‘p kvartirali uylarni boshqarish organi qarzni sudda undirishda oldindan davlat bojini to‘lashdan ozod qilindi
10:18 / 02.11.2024