O‘zbekiston | 08:06 / 04.07.2023
2953
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston TIV rahbari Turkiy investitsiya fondi prezidentini qabul qildi

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov  bugun Turkiy investitsiya fondi prezidenti va Turkiy davlatlar tashkiloti sobiq bosh kotibi Bag‘dod Amreyev bilan uchrashdi.

Foto: Dunyo

«Turkiy investitsiya fondi prezidenti va Turkiy davlatlar tashkiloti sobiq bosh kotibi Bag‘dod Amreyev bilan uchrashishdan mamnunmiz, - deb yozdi O‘zbekiston TIV rahbari. - TDTga a’zo davlatlar o‘rtasida moliyaviy aloqalar va sarmoyaviy hamkorlikni yanada kengaytirish yuzasidan fikr almashdik».

2022 yil 10-11 noyabr kunlari Samarqand shahrida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida Turkiy davlatlar tashkiloti davlat rahbarlarining «Turkiy sivilizatsiyaning yangi davri: umumiy taraqqiyot va farovonlik sari» mavzusidagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilish natijalari bo‘yicha tashkilot doirasidagi ko‘p qirrali hamkorlikni yanada kengaytirishga qaratilgan Turkiy davlatlar tashkiloti sammitining Samarqand deklaratsiyasi qabul qilindi.

Bundan tashqari, TDT bosh kotibi lavozimiga Kubanichbek Omuraliyev nomzodini tasdiqlash to‘g‘risida qaror qabul qilindi.

Mavzuga oid