O‘zbekiston | 13:11 / 04.07.2023
10252
1 daqiqa o‘qiladi

So‘nggi 6 yillik baholar OTMga joriy yilgi qabulda inobatga olinmaydi

Joriy yilda majburiy 11 yillik ta’limning so‘nggi 6 yillik baholari oliy ta’lim tashkilotlariga kirish imtihonlarida inobatga olinmaydi.

2023 yil 3 iyul kuni prezidentning «O‘zbekiston prezidentining ayrim hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek, ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida»gi farmoni qabul qilindi.

Farmon bilan prezidentning 2020 yil 6 noyabrdagi «O‘zbekistonning yangi taraqqiyot davrida ta’lim-tarbiya va ilm-fan sohalarini rivojlantirish chora tadbirlari to‘g‘risida»gi farmoniga o‘zgartirish kiritildi.

Unga ko‘ra, majburiy 11 yillik ta’limning so‘nggi 6 yillik baholari o‘rtacha ko‘rsatkichini oliy ta’lim tashkilotiga kirish imtihonlarida inobatga olish 2 yilga kechiktirildi.

Joriy yilda majburiy 11 yillik ta’limning so‘nggi 6 yillik baholari oliy ta’lim tashkilotlariga kirish imtihonlarida inobatga olinmaydi.

Mavzuga oid