Jahon | 11:25 / 06.07.2023
10980
2 daqiqa o‘qiladi

OAV: Prigojinga Shoygu topshirgan mukofot to‘pponchasi qaytarib berildi

«Vagner» XHK asoschisi o‘zining yozgi uyida tintuv paytida olingan qurol uchun Sankt-Peterburgdagi «FSB» idorasiga shaxsan keldi, deb yozadi jurnalistlar.

Foto: Reuters

«Vagner» xususiy harbiy kompaniyasi (XHK) asoschisi Yevgeniy Prigojinga 4 iyul kuni 24 iyun kuni Sankt-Peterburg yaqinidagi «Severnyy Versal» posyolkasidagi uyida tintuv paytida qo‘lga kiritilgan qurol qaytarildi, deb yozadi «Fontanka» chorshanba, 5 iyul kuni. Nashrga ko‘ra, gap boshqa narsalar qatorida XHK rahbariga Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoygu tomonidan taqdim etilgan Glock mukofot to‘pponchasi haqida bormoqda. 

Jurnalistlarning ta’kidlashicha, egasiga qaytarilgan arsenallar orasida ikkita «Sayga» karabini, Avstriyaning Steyr Mannlicher miltiq karabini, «ARka» yarim avtomatik miltig‘i, yana bir nechta miltiq va to‘pponcha bor. Ularning so‘zlariga ko‘ra, Prigojin «FSB»ning Sankt-Peterburg va Leningrad viloyati bo‘yicha boshqarmasiga qurol-yarog‘larni olishga rasman taklif qilingan. 

Avvalroq «Fontanka» hamda boshqa OAV va Telegram-kanallari qurolli isyon bo‘yicha tergov doirasida Sankt-Peterburgda tintuv o‘tkazish chog‘ida Yevgeniy Prigojinga qutilarda topilgan 10 milliard rubl ham qaytarilgani haqida xabar bergan edi. Prigojinning o‘ziga ko‘ra, bu pullar «Vagner guruhi» jangchilarining maoshlari va qurbonlarning yaqinlariga to‘lovlar uchun mo‘ljallangan.

Mavzuga oid