O‘zbekiston bo‘ylab qiynoqqa solishga qarshi kurashish bo‘yicha o‘quv kurslari tashkil etildi
Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Milliy markazi tomonidan joriy yil boshida Bosh prokuratura, Ichki ishlar vazirligi bilan hamkorlikda tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv, dastlabki tergovni amalga oshiruvchi organlar va jazoni ijro etish muassasalari xodimlari uchun qiynoqqa solishga qarshi kurashish bo‘yicha qisqa muddatli o‘quv kurslarini o‘tkazish jadvali, o‘quv kurslari dasturi va moduli ishlab chiqildi.
Milliy markaz matbuot xizmati ma’lumotiga ko‘ra, Bosh prokuratura, Ichki ishlar vazirligi tomonidan 2023 yil davomida «Qiynoqqa solishga qarshi kurashish: xalqaro amaliyot va milliy tajriba» mavzusida o‘quv kurslarini o‘tkazish rejasi ham tasdiqlandi.
Rejaga muvofiq, onlayn va oflayn shakldagi o‘quv kurslari Farg‘ona viloyatida – 22-23 fevral, Buxoro viloyatida – 29-30 mart, Toshkent viloyatida – 18-19 aprel, Surxondaryo viloyatida – 17-18 may, Andijon viloyatida – 20-21 iyun, Namangan viloyatida – 22-23 iyun kunlari o‘tkazildi.
Joriy yilning dastlabki olti oyida mamlakat hududlarining yarmini qamrab olgan ana shu mashg‘ulotlarga milliy va xalqaro ekspertlar jalb qilindi.
Har bir hududdan 50 nafar – ichki ishlar tizimi va 10 nafar – prokuratura tizimi xodimi tinglovchi sifatida ishtirok etdi. Natijada tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv, dastlabki tergovni amalga oshiruvchi organlar va jazoni ijro etish muassasalarining jami 350 nafar xodimi qiynoqqa solishga qarshi kurashish borasidagi xalqaro amaliyot va milliy tajriba bo‘yicha o‘z bilimlarini oshirishi ta’minlandi.
Mashg‘ulotlarda Milliy markaz, Huquqni muhofaza qilish akademiyasi, Davlat va huquq instituti, Ichki ishlar vazirligining Akademiyasi va Malaka oshirish instituti rahbariyati, professor-o‘qituvchilari o‘z ma’ruzalari bilan qatnashdi.
O‘quv kurslari yakunida test sinovlari o‘tkazildi. Sinovlarni muvaffaqiyatli topshirgan tinglovchilarga Milliy markaz nomidan sertifikatlar topshirildi.
Mavzuga oid
17:14
Qamoqqa olingan shaxs uchun majburiy tibbiy ko‘rik joriy etilishi mumkin
10:54 / 06.12.2024
Rossiyada farzandini qiynoqqa solgan o‘zbekistonlik ayol qamaldi
10:59 / 29.11.2024
Banklarda dollar kursi birinchi marta 12 925 so‘mga ko‘tarildi
18:23 / 26.08.2024