O‘zbekiston | 08:20 / 08.07.2023
10347
1 daqiqa o‘qiladi

Buxorodagi xalqaro o‘tkazish punktida jangovar o‘q-dorilarning noqonuniy olib kirilishi oldi olindi

Hozirda holat yuzasidan dastlabki surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Foto: t.me/sarhad_uz

Buxoro viloyatida joylashgan “Olot-avtoyo‘l” xalqaro o‘tkazish punktida chegarachilar tomonidan xizmat iti yordamida bojxona xodimlari bilan hamkorlikda kirish yo‘nalishida harakatlanib kelayotgan O‘zbekiston fuqarosi boshqaruvidagi “DAF” rusumli yuk transport vositasi ko‘rikdan o‘tkazilgan.

Milliy gvardiya xabariga ko‘ra, tirkamaga ortilgan jami 8 dona yengil avtomashinalar orasidan, davlat raqamisiz, rusumi Hyundai elantra bo‘lgan avtomashinaning orqa o‘rindig‘i va zaxira g‘ildiragi orasidan 1 dona karton qutida 43 dona jangovar patronlar yashirib qo‘yilganligi aniqlangan

Qayd etilishicha, hozirda holat yuzasidan dastlabki surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Mavzuga oid