O‘zbekiston | 08:23 / 10.07.2023
7253
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda nikohlar soni kamaygani qayd etildi

Joriy yilning birinchi yarmi davomida nechta nikoh qayd etilgani to‘g‘risida ma’lumot berildi.

Foto: Kun.uz

2023 yil 1-yarmi davomida FHDYo organlari tomonidan respublika bo‘yicha 98 603 ta nikoh qayd etilgan.

“Davlat xizmatlari yangiliklari” xabariga ko‘ra, bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 10 517 taga kam.

Shular jumlasidan:

er va xotin 30 yoshgacha bo‘lganlar o‘rtasida - 79 407 ta;
er va xotin 50 yoshdan oshganlar o‘rtasida  - 744 ta.

Hududlar kesimida:

30 yoshgacha bo‘lganlar o‘rtasida Samarqand viloyati eng yuqori ko‘rsatkichni qayd etdi;
50 yoshdan oshganlar o‘rtasida Toshkent shahar eng yuqori ko‘rsatkichni qayd etdi.

Mavzuga oid