O‘zbekiston | 07:53 / 13.07.2023
5348
2 daqiqa o‘qiladi

2023 yilning birinchi yarmida 24 ta yangi davlat xizmati ishga tushirildi

6 oyda davlat xizmatlari ko‘rsatuvchi vakolatli organlar tomonidan 64 853 ta qonun hujjati buzilishi holatlari aniqlangan.

Foto: Kun.uz

2023 yilning 1-yarmida 24 ta yangi davlat xizmati ishga tushirildi. Bu haqda Adliya vazirligi axborot xizmati rahbari ma’lumot berdi.

Qayd etilishicha, yangi davlat xizmatlaridan 12 tasi - Davlat xizmatlari markazlari hamda Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida, qolgan 12 tasi - "Lisenziya" axborot tizimida.

Joriy yilning 6 oyi davomida davlat xizmatlari ko‘rsatuvchi vakolatli organlar tomonidan 64 853 ta qonun hujjatining buzilishi holatlari aniqlandi.

Shundan 46 078 tasi muddat buzilish, 7 660 tasi ortiqcha hujjat talab qilish, 1 188 tasi to‘g‘ridan to‘g‘ri davlat xizmatlarini ko‘rsatish, 4657 tasi asossiz rad etish, 20 tasi vakolatli idoraning qonuniy talabini bajarmaslik, 5 250 tasi boshqa qonun buzilishi holatlarini tashkil qilgan. 

Sog‘liqni saqlash idoralarida 8 966 tadan, kadastr tashkilotlarida 8 728 tadan, qurilish va arxitektura idoralarida 6 291 tadan, “O‘zsuvta’minot”da 5 308 tadan, “Hududgazta’minot”da 4 776 tadan ortiq qonun hujjatlarining buzilishi holatlari aniqlangan.

Mavzuga oid