Jamiyat | 12:59 / 15.07.2023
15222
1 daqiqa o‘qiladi
18 yoshga to‘lmaganlarning mehnatidan foydalanish taqiqlangan ishlar ro‘yxati tasdiqlandi
Hukumat qarori bilan o‘n sakkiz yoshga to‘lmagan shaxslarning mehnatidan foydalanilishi taqiqlangan og‘ir ishlarning hamda zararli yoki xavfli mehnat sharoitlaridagi ishlarning ro‘yxati tasdiqlandi.
Quyidagi ishlarda 18 yoshga to‘lmagan shaxslarning mehnatidan foydalanish taqiqlanadi, jumladan:
- ko‘mirni boyitish apparatchisi;
- qimmatbaho metallar ishlab chiqarish apparatchisi;
- yerosti kon ishchisi;
- tarkibida olmos bo‘lgan konsentratlarni me’yoriga yetkazuvchi;
- qora metallar ishlab chiqarish nazoratchisi;
- olmoslar va o‘ta qattiq materiallarni silliqlovchi;
- issiqlik tarmog‘idagi uskunalarni ta’mirlash bo‘yicha chilangar;
- neft va gaz qazib olish bo‘yicha operator;
- gaz taqsimlash stansiyasi operatori;
- tibbiy preparatlarni dozalovchi;
- tibbiy mahsulotlarni taxlovchi;
- yuqori chastotali tok qurilmalarida payvandchi;
- gipsni qizdiruvchi;
- asfalt-betonchi;
- novvoy;
- xamir qoruvchi;
- go‘sht mahsulotlarini kesuvchi;
- muzqaymoq tayyorlovchi;
- naqqosh;
- yo‘lovchi tashuvchi poyezd mexanigi-brigadiri;
- tez tibbiy yordam stansiyalarining navbatchi tibbiyot xodimi.
Mavzuga oid
15:42 / 20.12.2024
O‘zbekistonlik kadrlarni Chexiyada ishga joylashtirish boshlanadi
12:29 / 18.12.2024
O‘zbekiston Bosh konsulxonasi Rossiyadagi yirik ish beruvchilar bilan muzokara o‘tkazdi
08:21 / 16.12.2024
Koreyadagi o‘zbekistonliklar ish joyini tashlab ketgani tufayli kafillardan 2 mlrd so‘m undirildi
15:32 / 09.12.2024