Jahon | 22:13 / 18.07.2023
12074
2 daqiqa o‘qiladi

Oq bo‘yoq global isishni to‘xtatishi mumkinligi aytildi 

Buning uchun Yer yuzasining 1-2 foizi oq bo‘yoq bilan qoplanishi lozim, ammo bu imkonsiz. 

Foto: Purdue University/Jared Pike

2021 yilda Pardyu universiteti tadqiqotchilari Yerdagi eng oppoq bo‘yoqni ishlab chiqqanini e’lon qilishdi. Rang shunchalik oq-ki, yorug‘likning 98 foizidan ko‘prog‘ini qaytara oladi. 

Tadqiqotchilar fikricha, oq bo‘yoq binolarda qo‘llanilganda tashqi yuzadagi va ichki haroratni pasaytiradi, shuningdek, konditsionerga bo‘lgan ehtiyojni kamaytiradi. Bundan tashqari, nazariy jihatdan, bunday qoplama butun sayyoradagi haroratni pasaytirishi mumkin. 

Kaliforniya universiteti elektrotexnika va kompyuter injiniringi professori Jyeremi Mandey so‘zlariga ko‘ra, agar bunday oq bo‘yoq bilan Yer yuzasining 1-2 foizi qoplansa, u holda koinotga qaytariladigan yorug‘lik miqdori ko‘payadi, planeta tomonidan yutiladigan issiqlik miqdori kamayadi. Bu global haroratni barqarorlashtirish uchun yetarli bo‘ladi. 

Boshqacha qilib aytganda, bunday bo‘yoq iqlim isishi muammosiga yechim bo‘lishi mumkin. Bundan tashqari, Mandey Yerdan aks ettiriladigan yorug‘lik miqdori koinotga katta zarar keltirmasligini ta’kidladi. «Bu xuddi okeanga bir piyola oddiy suv quyganga o‘xshaydi», dedi u. 

Yer yuzasining 1-2 foizi qanchalik katta? Sayyoraning umumiy maydoni taxminan 510 million kvadrat kilometrni tashkil etadi (ularning aksariyati suv), shuning uchun bo‘yoq taxminan 5 dan 10 million kvadrat kilometr joyni qoplashi kerak. Masalan, Qo‘shma Shtatlarning umumiy maydoni atigi 9,8 million kvadrat kilometrni tashkil qiladi. Ya’ni, butun mamlakat oq bo‘yoq bilan qoplanishi kerak. Ammo bu hatto nazariy jihatdan ham imkonsiz. 

Bundan tashqari, Yer yuzasining atigi 1 foizini qoplash uchun 139 milliard gallon oq bo‘yoq kerak bo‘ladi. Bularning barchasi hech qachon amalga oshmaydigan nazariyadir. 

Mavzuga oid