O‘zbekiston | 07:25 / 22.07.2023
3228
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston Isroilning startaplar sohasidagi tajribasini joriy etmoqchi

O‘zbekistonning Isroildagi elchixonasi tomonidan ushbu mamlakat startap va innovatsion ekotizimi sohasidagi ilg‘or amaliyotni respublikaga jalb etish doirasida kecha kuni AQShning Techstars yetakchi akselerator kompaniyasining Isroildagi bo‘linmasi boshqaruvchi direktori Gay Izraeli ishtirokida onlayn uchrashuv tashkil etildi, deb xabar bermoqda “Dunyo”.

Uchrashuvda mamlakatning 70dan ortiq tegishli tashkilotlari, shu jumladan O‘zbekiston Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Innovatsion rivojlanish agentligi, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi, Savdo-sanoat palatasi hamda “Yangi O‘zbekiston” universiteti vakillari qatnashdi.

Muloqot kun tartibidan Techstars kompaniyasi bilan hamkorlikda O‘zbekiston Innovatsion rivojlanish agentligi, Savdo-sanoat palatasi, Venchur fondi, IT park, Respublika yoshlar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash markazi va “Yangi O‘zbekiston” universiteti ishtirokida manzilli hamkorlik loyihalarini ishlab chiqish hamda ikki mamlakat innovatsion (startap) kompaniyalari ishtirokida muntazam onlayn-uchrashuvlarni yo‘lga quyish masalalari joy oldi.

Uchrashuv doirasida bir qator kelishuvlarga erishildi.

Mavzuga oid