O‘zbekiston | 09:22 / 25.07.2023
4974
1 daqiqa o‘qiladi
Yaponiya O‘zbekistonda yo‘l harakati xavfsizligi sohasida yangi loyihani amalga oshirishi mumkin
O‘zbekiston va Yaponiya o‘rtasida parlamentlararo hamkorlikni rivojlantirish, ikki tomonlama aloqalarni mazmun jihatdan yanada boyitish masalalarini muhokama etish maqsadida Yaponiya Parlamenti Vakillar palatasi deputati Keyji Furuya bilan uchrashuv uyushtirildi, deb xabar bermoqda «Dunyo».
Unda ikki mamlakat o‘rtasidagi siyosiy, savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar va hududlararo hamkorlikning bugungi holati va ularni rivojlantirishning istiqbollari atroflicha muhokama qilindi.
Shuningdek, axborot texnologiyalari, oziq-ovqat, sog‘liqni saqlash, yo‘l harakati xavfsizligi va hunarmandchilik sohalarida yangi loyihalarni amalga oshirish bilan bog‘liq masalalarga ham alohida e’tibor qaratildi.
Mavzuga oid
20:50
Yaponiyada sun’iy gravitatsiyaga ega Oy majmuasi prototipi quriladi
20:28
Honda va Nissan birlashmoqda. Ular dunyodagi eng yirik uchinchi avtomobil ishlab chiqaruvchiga aylanadi
15:00
Yaponiya savdo tarmoqlarida O‘zbekiston mahsulotlari sotuvi yo‘lga qo‘yiladi
18:22 / 22.12.2024