O‘zbekiston | 13:00 / 26.07.2023
13134
2 daqiqa o‘qiladi
Reklama

Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida muqobil energiya manbalarini o‘rnatish natijasida elektr energiya mustaqilligiga erishildi

O‘zbekiston Respublikasi prezidentining 2023 yil 16 fevraldagi "2023 yilda qayta tiklanuvchi energiya manbalarini va energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etishni jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarori bilan ijtimoiy soha obektlariga kichik quvvatli qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalarini o‘rnatish vazifasi yuklangan.

Mazkur topshiriq ijrosini ta’minlash maqsadida Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti va uning qoshidagi Akademik litsey binosiga jami 11 mlrd 220 mln so‘mlik 1020 kVt quvvatga ega bo‘lgan quyosh panellarini o‘rnatish belgilangan.

Amalga oshirilgan ishlar natijasida universitet va uning qoshidagi ta’lim muassasalari binolariga jami 16 mlrd 191 mln. so‘mlik, quvvati 1 500 kVt bo‘lgan 2 738 dona quyosh panellari o‘rnatilib, qayta tiklanuvchi energiya manbalarini joriy qilish ishlari Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilab berilgan rejaga nisbatan 142% ga bajarildi.

Natijada universitetda bir kunda 7,2 ming kV/t, bir oyda 214,5 ming kVt, bir yilda esa 2 mln 609 ming kVt quvvatda 2 mlrd 265 mln so‘mlik elektr energiyasini ishlab chiqarish imkoni yaratildi hamda bir yilda iste’mol qilinadigan 2,26 mln kVt elektr energiyasi uchun to‘lanishi lozim bo‘lgan 

2 mlrd 265 mln so‘m miqdoridagi mablag‘lar to‘liq iqtisod qilinishiga erishildi.

O‘rnatilgan barcha quyosh panellari Bojxona qo‘mitasining "Yashil energiya" platformasiga kiritildi hamda ehtiyojdan ortiqcha elektr energiyani “Hududiy elektr tarmoqlari” AJga sotish to‘g‘risidagi shartnomalar imzolanib, shanba va yakshanba dam olish kunlari hisobiga bugunga qadar quvvati 54 ming kVt bo‘lgan 19,4 mln so‘mlik elektr energiyasi sotildi.

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid